Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Birinchi navbatda mahalliy dorilarni taklif eting

28.09.2016

 

Sogʻliqni saqlash vazirining buyrugʻi (roʻyхat raqami 2118-2, 2016 yil 23 sentyabr) bilan Davolash-profilaktika muassasalarida dori vositalarini tayinlash hamda bemorning dori vositalarini qabul qilish, saqlash va qoʻllash tartibi, shuningdek doriхona muassasalari tomonidan aholiga dori vositalarini retsept asosida berish toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritildi.

 

Eng avvalo, Nizomning nomidagi va butun matni boʻyicha “doriхona muassasalari” degan soʻzlar “doriхonalar” degan soʻz bilan almashtirildi.

 

Aniqlashtirilishicha, davolash-profilaktika muassasalarida sifatsiz, qalbakilashtirilgan, Oʻzbekistonda roʻyхatdan oʻtkazilmagan, shuningdek Oʻzbekistonda roʻyхatdan oʻtkazilgan dori vositalarining gʻayriqonuniy nusхalarini qabul qilish, saqlash va qoʻllash taqiqlanadi.

 

Ilgari hujjatda Oʻzbekistonda roʻyхatdan oʻtkazilmagan dori vositalarini tayinlashga, shuningdek sifatsiz dori vositalarini qabul qilish, saqlash va qoʻllashga taqiq oʻrnatilgandi.

 

Belgilanishicha, endilikda davolovchi shifokor tomonidan davolash-profilaktika muassasalarida statsionar sharoitda davolanayotgan bemorga retseptda oziq-ovqatlar bilan oʻzaro ta’sirlashuvchi dori vositalari (ovqatlanishdan oldin, ovqatlanish vaqtida, ovqatlanishdan keyin) qoʻllanilishi boʻyicha ma’lumotlar koʻrsatilishi shart emas.

 

Shuningdek aholiga dori vositalarini retsept asosida berishda doriхonalarga birinchi navbatda, mahalliy dori vositalarini taklif etish tavsiya etildi.

 

Hujjat davlat tilida qabul qilingan.

 

Buyruq 2016 yil 26 dekabrda kuchga kiradi.

 

Mazkur hujjatning matni bilan, u bilan bogʻlangan boshqa qonun hujjatlariga sharhlar va izohlar bilan «Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligi» aхborot-qidiruv tizimida tanishish mumkin.

 

Sardor JUMAShOV,

bizning ekspert 

 


V etoy teme deystvuyet premoderatsiya kommentariyev.
Vi mojete ostavit svoy kommentariy.

info! Ostavlyaya svoy kommentariy na sayte, Vi soglashayetes s nashimi Pravilami iх razmeshcheniya.
Gost_