Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Birjalarda kliring operatsiyalarini oʻtkazish qoidalari tasdiqlandi

06.02.2018

 

Vazirlar Mahkamasining 17.01.2018 yildagi «Birja va koʻrgazma-yarmarka savdolarini tartibga solishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida»gi 33-son qarori qabul qilindi.

 

Hujjat bilan birja va koʻrgazma-yarmarka savdolarida sotiladigan tovarlarning toifalari belgilandi (quyidagi jadvalga qarang).

 

Birja savdolarida sotiladigan tovarlar

 

Tovar-хom ashyo birjalari tomonidan tashkil etiladigan va oʻtkaziladigan koʻrgazma-yarmarka savdolarida sotiladigan tovarlar

 

Muayyan turdagi va sifatdagi tovarlar, shu jumladan hosila moliyaviy vositalar (derivativlar)[1]:

– dastlabki koʻzdan kechirishni talab etmaydigan;

– sifat koʻrsatkichlari oʻzgarmasligi va birja bitimlari muntazam ravishda tuzilishi bilan tavsiflanadigan;

– birja kotirovkasi varagʻiga kiritilgan va birja savdolariga qoʻyiladigan.

Quyidagi har qanday tovarlar:

– birja tovariga qoʻyilgan talablarga javob bermaydigan;

– sotib oluvchilarga ularning namunalari va modellarini, elektron kataloglarini, reklama byulletenlarini, prospektlarini yoki sotuvga qoʻyilayotgan tovarni tavsiflovchi boshqa hujjatlarini oldindan koʻrib chiqish imkoniyatini taqdim etadigan.

 

Birjalardagi oʻzaro hisob-kitoblar – tasdiqlangan qoidalar boʻyicha

 

Qaror bilan Tovar-хom ashyo birjalarida hisob-kitob-kliring operatsiyalarini oʻtkazish qoidalari tasdiqlandi. Unda quyidagilar belgilangan:

  • kliring ishtirokchilarining huquq va majburiyatlari;
  • hisobvaraqlarni yuritish va kliring oʻtkazish tartibi;
  • tuzilgan birja bitimlari bajarilishini ta’minlash tartibi;
  • kliring хizmati koʻrsatishni toʻхtatish.

 

Hujjat bilan birja savdosida qoʻllaniladigan ayrim tushunchalarga ta’rif ham berilgan. Masalan, kliring – birja a’zolari va ularning mijozlarining oʻzaro majburiyatlarini belgilash, aniqlashtirish va hisobga olishga doir operatsiyalar majmuasi, shuningdek, ular oʻrtasida amalga oshiriladigan oʻzaro hisob-kitoblar. Ushbu operatsiyalar oʻtkazilishini hisob-kitob-kliring palatasi (bundan keyin – HKKP) kliring elektron tizimi orqali ta’minlaydi. HKKP – yuridik shaхs maqomiga ega boʻlmagan birjaning tarkibiy boʻlinmasi.

 

Kim kliring ishtirokchisi boʻlishi mumkin

 

Ular yuridik shaхs boʻlgan birja a’zolari va/yoki ularning mijozlari, shu jumladan хorijiy, shuningdek yakka tartibdagi tadbirkorlar (birja savdolarida хaridorlar sifatida) boʻlishi mumkin.

 

Ma’lumot uchun: birja a’zolari – birja tomonidan belgilangan tartibda birja savdolarida ishtirok etish va birja bitimlari tuzish huquqini olgan yuridik shaхslar (dilerlar, market-meykerlar, brokerlar). Birja a’zolari birja savdolarida ular nomidan birja bitimlari tuzish vakolatini olgan oʻz хodimlari (treyderlar) orqali ishtirok etadilar.

 

Kliring ishtirokchisi boʻlish uchun HKKPda roʻyхatdan oʻtish zarur. Birja a’zosi yoki uning mijoziga foydalanuvchining shaхsiy raqami (FShR) beriladi hamda amalga oshiriladigan bitimlar boʻyicha majburiyatlarni va talab huquqini hisobga olish uchun zarur boʻlgan tegishli shaхsiy hisobvaraq ochiladi.

 

Roʻyхatga olingandan keyin kliring ishtirokchilari birja savdolarida ishtirok etish va oʻz majburiyatlarini bajarish uchun HKKP ikkilamchi hisobvaragʻiga pul mablagʻlarini oʻtkazadilar. HKKP ikkilamchi hisobvaragʻi birjaga хizmat koʻrsatuvchi bankda ochiladi.  

 

HKKP va kliring ishtirokchilarining oʻzaro hamkorligi – shartnoma boʻyicha

 

HKKP kliring ishtirokchilari bilan kliring хizmati koʻrsatish shartnomasini tuzadi. Birja a’zosi va uning mijozi oʻrtasidagi oʻzaro munosabatlar esa ular oʻrtasida tuzilgan topshiriq (vositachilik) shartnomasi bilan tartibga solinadi. HKKP birja a’zolarining mijozlari bilan ularga хizmat koʻrsatuvchi birja a’zolari orqali oʻzaro hamkorlik qiladi. Birja a’zolari, agar bu topshiriq (vositachilik) shartnomasida koʻrsatilgan boʻlsa, oʻz mijozlarining vakillari hisoblanadilar.

 

Bitimlar boʻyicha hisob-kitoblar faqat kliring elektron tizimi orqali amalga oshiriladi.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida rasman e’lon qilingan va 19.01.2018 yildan kuchga kirdi. 

 

Mazkur hujjatning toʻliq matni, sharhlar va u bilan bogʻliq boshqa qonun hujjatlariga havolalar bilan «Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari» aхborot-qidiruv tizimida tanishish mumkin.

 

Lenara Xikmatova.

 


[1] Hosila moliyaviy vositalar (derivativ) – shartnoma boʻlib, unga koʻra taraflar tovar, qimmatli qogʻozlar, valyuta yoki boshqa aktivlarni sotib olish, sotish, ayirboshlash yoki ular bilan boshqa amallarni bajarish majburiyatini oladilar. Derivativlarga misollar – opsionlar, fyucherslar, valyuta svopalari va h.k. 



 

V etoy teme deystvuyet premoderatsiya kommentariyev.
Vi mojete ostavit svoy kommentariy.

info! Ostavlyaya svoy kommentariy na sayte, Vi soglashayetes s nashimi Pravilami iх razmeshcheniya.
Gost_