Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Oliy va oʻrta maxsus ta’lim vazirligining “Kasb-hunar kollejlari va oliy oʻquv yurtlari bitiruvchilarini tanlab olish va Favqulodda vaziyatlar vazirligi tizimiga ishga qabul qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qarori1 qabul qilindi. Hujjat OʻzAda joylashtirilgan.
Mutaxassis va qutqaruvchi lavozimlariga qabul qilish uchun talablar oliy oʻquv yurtlari va kasb-hunar kollejlari uchun alohida belgilangan.
|
Oliy oʻquv yurtlari bitiruvchilari |
|
|
Ular qabul qilinishi mumkin boʻlgan mutaxassisliklar
|
Bitiruvchilar uchun talablar |
|
Tabiiy hususiyatli favqulodda vaziyatlar profilaktikasi ishlarini olib borish mutaxassisligiga |
Oliy oʻquv yurtlarining tabiiy ta’lim yoʻnalishlaridan birini bitirganlar (geologiya, geografiya, geofizika, biologiya, gidrologiya, meteorologiya, gidromexanika, quruqlik-gidrologiyasi, atmosfera fizikasi va shu kabi yoʻnalishlar); |
|
Texnogen xususiyatli favqulodda vaziyatlar profilaktikasi ishlarini olib borish mutaxassisligiga |
Oliy oʻquv yurtlarining texnika-texnologiya ta’lim yoʻnalishlaridan birini bitirganlar (arxitektura, gidrotexnika, muhandislik-irrigatsiya, muhandislik-energetika, muhandislik-mexanika, axborot texnologiyasi va shu kabi yoʻnalishlar);
|
|
Radiatsion, kimyoviy va biologik (bakteriologik) muhofazasi ishlarini olib borish mutaxassisligiga |
Oliy oʻquv yurtlarining fizika (yadro fizikasi), kimyo, kimyo-texnologiya, biologiya, biologiya-kimyo, tibbiyot, radiologiya, sanitar-epidemiologiya, geofizika yoʻnalishlaridan birini bitirganlar;
|
|
Moddiy-texnik ta’minot, zaxira va qurilish yoʻnalishidagi mutaxassisliklarga |
Oliy oʻquv yurtlarining yengil va oziq-ovqat sanoati, iqtisodiyot, avtomobil, qurilish yoʻnalishlarini bitirgan. |
|
Kasb-hunar kollejlari bitiruvchilari
|
|
|
Lavozimlar
|
Bitiruvchilarga talablar |
|
mutaxassis-qutqaruvchi (dezinfeksiya instruktori, dozimetrist, gazdan qutqaruvchi va shu kabi barcha qutqaruvchi lavozimlariga) |
- yoshi 18 dan kichik 30 yoshdan katta boʻlmasligi; |
|
Qutqaruvchi-haydovchi |
Yuqorida keltirilgan talablarga qoʻshimcha tarzda: -kamida “VS” toifali haydovchilik guvohnomasi boʻlishi; |
|
Gʻavvos-qutqaruvchi |
Sogʻliqni saqlash vazirligi Sanitariya-gigiyena va kasb kasalliklari ITI tomonidan suv ostida ishlashga ruxsat berilgan boʻlishi.
|
Yuqorida keltirilgan talablardan tashqari, bitiruvchilar:
- amaldagi ishchi va xizmatchilar asosiy lavozimlar Klassifikatori talablariga muvofiq boʻlishi;
- muddatli harbiy xizmatni oʻtagan boʻlishi kerak.
Ishga qabul qilish qanday tartibda oʻtkaziladi?
Mazkur tartib:
- “Favqulodda vaziyatlarni oldini olish”, “Favqulodda vaziyatlar vazirligi faoliyati”, “Gʻavvoslik kasbi” , “Avariya-qutqaruv xizmati” mavzulari boʻyicha seminarlar, suhbatlar oʻtkazish;
- talabalarni amaliyotga jalb qilish;
- ishga qabul qilinishga nomzodlar roʻyxatiga kiritish;
- amaldagi qonunchilik normativ-huquqiy hujjatlariga asosan ishga qabul qilish (birinchi navbatda maxsus tayyorlangan oliy oʻquv yurtlari va kasb-hunar kollejlari bitiruvchilarini) koʻrinishida amalga oshiriladi.
Nomzodlarni tanlashning oʻrnatilgan tartibi quyidagi ta’lim muassasalari talabalari va oʻquvchilariga nisbatan amal qiladi:
- Islom Karimov nomidagi TDTU;
- Namangan davlat universiteti;
- Toshkent kimyo-texnologiya instituti;
- Andijon mashinasozlik instituti;
- Andijon qurilish-transport kolleji;
- Samarqand axborot texnologiyalari kolleji;
- Olmazor politexnika kolleji;
- Chingeldi maishiy xizmat kolleji.
Islom Karimov nomidagi TDTU “Hayotiy faoliyat xavfsizligi” va “Ekologiya va atrof-muhit muhofazasi” yoʻnalishlari boʻyicha harbiy kafedrani tamomlagan bitiruvchilar FVVga harbiy xizmatga birinchi navbatda qabul qilinadi.
Qutqaruvchi lavozimlariga nomzodlarni tanlab olish shartlari:
- ma’naviy va siyosiy dunyoqarashi boʻyicha suhbat;
- psixologik test;
- kasbiy bilimlarini sinovdan oʻtkazish (diktant, yozma ish);
- jismoniy tayyorgarlik (sport boʻyicha toifa darajasi mavjudligi inobatga olinadi).
Nomzodlar oʻz hujjatlarini kadrlar xodimiga topshiradi, u esa ularni FVVning shahodatlash komissiyasiga yuboradi. Yuqarida keltirilgan barcha talablarga javob beradigan nomzodlar ishga qabul qilinadi.
Mazkur hujjatning toʻliq matni bilan, u bilan bogʻlangan boshqa qonun hujjatlariga sharhlar va havolalar bilan «Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligi» axborot-qidiruv tizimida tanishish mumkin.
Mohina Mirzayeva.
1Sharhni tayyorlash paytida hujjat Adliya vazirligida roʻyxatdan oʻtkazilganligi toʻgʻrisidagi ma’mumot mavjud emas.



