Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Bitta tashqi savdo kontrakti doirasidagi mahsulot 1 yilga sertifikatlashtiriladi

19.06.2018

Rus tilida oʻqish

Oʻzbekiston Standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish agentligi bosh direktorining buyrugʻi (13.06.2018 yilda 1458-4-son bilan roʻyхatdan oʻtkazilgan) bilan Mahsulotlarni sertifikatlash qoidalariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritildi.

 


 

Tahririyatdan: mazkur hujjat va 75 000 ta boshqa normativ-huquqiy hujjatlar tushuntirishlari bilan «OʻzR qonun hujjatlari» AQTga jamlangan. Namoyish versiyasini bu yerda koʻchirib olishingiz mumkin (32,1 MB). 


 

Ma’lumot uchun: respublikada ishlab chiqariladigan va unga olib kiriladigan, alohida roʻyхatga kiritilgan mahsulotlar sertifikatlashtirilishi lozim. Oʻzbekiston sertifikatlashtirish milliy tizimida mahsulotlar muvofiqligini tasdiqlashning tavsiya etilayotgan chizmalari (jami 9 ta) qoʻllaniladi.   

 

Joriy yilning 1 iyulidan boshlab mahsulotlarning muvofiqligini tasdiqlovchi yana bitta chizma – 7A amalga kiritiladi. U bitta tashqi savdo kontrakti doirasida chetdan keltirilgan mahsulotni (transport vositalaridan tashqari) sertifikatlashtirishda qoʻllaniladi. Sertifikat 1 kalendar yilidan oshmagan muddatga beriladi.    

 

7A chizmasi boʻyicha sertifikatlashtirish sinovlarini oʻtkazish uchun quyidagi hujjatlarning nusхalarini taqdim etish zarur:

  • mahsulotning aniq hajmi (soni) koʻrsatilgan tashqi savdo kontrakti;
  • mahsulotni yetkazib beruvchi hamda qabul qiluvchi oʻrtasida tuzilgan kelishuv.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 1.07.2018 yildan kuchga kirdi.

 

Lenara Xikmatova.


 

V etoy teme deystvuyet premoderatsiya kommentariyev.
Vi mojete ostavit svoy kommentariy.

info! Ostavlyaya svoy kommentariy na sayte, Vi soglashayetes s nashimi Pravilami iх razmeshcheniya.
Gost_