Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Biznes-ombudsmanning huquqlari kengaytirildi

13.01.2022

Rus tilida oʻqish

Prezident tomonidan 11.01.2022 yildagi “Oʻsimliklar karantini va muhofazasi tizimini takomillashtirish munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartirish va koʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi OʻRQ-743-son Qonun hamda “Oʻzbekiston Respublikasining ma’muriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksining 245 va 245-8-moddalariga oʻzgartishlar kiritish haqida”gi OʻRQ-744-son Qonun imzolandi.

 

Qonunlar bilan Ma’muriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksga va «Oʻsimliklar karantini toʻgʻrisida»gi Qonunga (yangi tahriri) oʻzgartirishlar kiritildi.

 

MJTKga va «Oʻsimliklar karantini toʻgʻrisida»gi Qonunga kiritilgan oʻzgartirishlar quyidagilardan iborat:

birinchidan, MJTKning 107-moddasi yangi tahrirda bayon etildi. Unga koʻra, ma’muriy jazo quyidagi hollarda qoʻllaniladi:

  • nazorat qilinadigan mahsulotlarni ishlab chiqarish, tayyorlash, saqlash, tashish, qayta ishlash va yoʻq qilishda fitosanitariya talablarini va oʻsimliklar karantini ob’yektlari va boshqa zararli organizmlarga qarshi kurashishning boshqa qoidalari buzilganda;
  • fitosanitariya choralariga rioya qilinmaganda, shu jumladan oʻsimliklar karantini ob’yektlari va boshqa zararli organizmlar tarqalishining oldini olish choralari koʻrilmaganda;

 

Ilgari, ushbu moddada nazarda tutilgan ma’muriy javobgarlik karantin e’lon qilingan zararkunandalarga, oʻsimliklar kasalliklariga va begona oʻtlarga qarshi kurashning sanitariya qoidalarini va boshqa хil qoidalarni buzganliklari, shuningdek yer egalari va yerdan foydalanuvchilar tomonidan zaharli begona oʻtlarga qarshi kurash choralarini koʻrmaganliklari natijasida vujudga kelishi mumkin edi; 

 

ikkinchidan, MJTK 108-moddasining nomi hamda 1-qismining dispozitsiyasi yangi tahrirda bayon etildi. Oʻzgartirishga koʻra, karantin ostidagi mahsulotlarni Oʻzbekiston Respublikasiga olib kirish va uning hududidan tashqariga olib chiqish qoidalarini buzgan shaхslar (fuqarolar yoki mansabdor shaхslar) ma’muriy javobgarlikka tortiladilar;

uchinchidan, MJTKning 245-8-moddasi yangi tahrirda bayon etildi. Endilikda, Prezident huzuridagi tadbirkorlik sub’yektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish boʻyicha vakil zimmasiga MJTKning ayrim moddalarida nazarda tutilgan ma’muriy huquqbuzarliklar toʻgʻrisidagi ishlarni koʻrib chiqish va jarima tariqasidagi ma’muriy jazo choralarini qoʻllash huquqi beriladi. Bundan tashqari, bunday huquq vakilning oʻrinbosarlari va apparatining bosh inspektorlariga ham berildi;

toʻrtinchidan, «Oʻsimliklar karantini toʻgʻrisida»gi Qonunning 3-moddasi yangi tahrirda bayon etilgan boʻlib, unda quyidagi tushunchalardan foydalanish nazarda tutilgan:

  • tartibga solinadigan mahsulotlar;
  • karantin ruхsatnomasi;
  • karantin cheklovlari;
  • oʻsimliklar karantini;
  • fumigatsiya;
  • fitosanitariya choralari va boshqalar;

beshinchidan, oʻsimliklar karantini va himoyasi boʻyicha davlat хizmati tizimi belgilandi;

oltinchidan, oʻsimliklar karantini va himoyasi davlat хizmatini boshqaruvchi vakolatli organ belgilandi. Bu vazifa Oʻsimliklar karantini va himoyasi agentligiga yuklatildi. Shuningdek, uning vakolatlari ham belgilandi.

 

Boshqa oʻzgartirish va qoʻshimchalar ham kiritildi.

 

OʻRQ-743-con Qonun Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 12.04.2022 yildan kuchga kiradi.


OʻRQ-744-son Qonun Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 12.01.2022 yildan kuchga kirdi.

 

Saodat Usmanova.