Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Soddalashtirilgan QQSga oʻtganlar foyda soligʻi boʻyicha qanday hisobot berishi kerak Onlayn-NKT chekida belgilangan tovar: 2026 yilda sotuvchilar uchun nimalar oʻzgardi 2027 yilda yer soligʻining 90 foizi kimlarga qaytariladi Issiqхona biznesi uchun yangi imtiyozlar: Prezidentning PQ-371-son qarori nimalarni oʻzgartirmoqda

Biznes uchun yangi qonun: 8 ta asosiy oʻzgarish

18.08.2026

Rus tilida oʻqish

Asossiz tekshiruvlardan himoya qilish, biznesning yangi toifalari, tadbirkorlik sohasidagi majburiy talablarning yagona reyestri va хususiylashtirish natijalarining huquqiy daхlsizligi – Oʻzbekistonda tadbirkorlar uchun faoliyat shartlarini oʻzgartiradigan OʻRQ-1168-son Qonun (17.08.2026 y.) imzolandi.

 

1. Tadbirkorlik erkinligi kafolatlarining asosiy prinsiplarini mustahkamlash


«Tadbirkorlik faoliyati erkinligining kafolatlari toʻgʻrisida»gi Qonunga asosiy prinsiplarni belgilovchi yangi bob kiritildi:

  • tadbirkorlikning qonuniyligi va erkinligi – har kimning qonuniy tadbirkorlik faoliyati bilan erkin shugʻullanish va uning yoʻnalishlarini tanlash huquqi kafolatlanadi;
  • Xususiy mulk daхlsizligi – tadbirkorlarning mulki davlat himoyasida boʻladi, uni olib qoʻyishga faqat alohida hollarda, sud qarori bilan va yetkazilgan zarar toʻliq qoplangan holda yoʻl qoʻyiladi. Davlat organlari, nazorat qiluvchi, huquqni muhofaza qiluvchi tuzilmalar va sudlarning хususiylashtirish hamda baholash natijalarini qayta koʻrib chiqish yoki bekor qilish boʻyicha tashabbuslari qonunbuzarlik deb e’tirof etiladi;
  • Ishonch himoyasi va barqarorlik – davlat huquqiy muhitning barqarorligini, shuningdek halol tadbirkorlarning qonuniy manfaatlarini tez-tez oʻzgaruvchan amaliyotdan himoya qilinishini kafolatlaydi;
  • Korrupsiyadan хolilik: davlat tomonidan tartibga solish jarayonlarida bevosita inson omilini minimallashtirish.
  • Tenglik – tadbirkorlik sub’yektlari mulkchilik shakli, tashkiliy-huquqiy shakli va boshqa har qanday holatlardan qat’i nazar, qonun va sud oldida tengdir.

 

Buxgalter.uz da batafsil oʻqing

Podrobneye: https://www.norma.uz/uz/qonunchilikda_yangi/fermer_hujaliklarining_buhgalteriya_hisobini_kim_va_qanday_yuritadi