Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Xodimning daromadi imtiyozdan kam boʻlsa, JShDS qanday hisoblanadi Soliq hisobi siyosati: qanday qilib tez tasdiqlash va 2026 yilda jarima olmaslik mumkin Chet elliklar uchun ikki tomonlama soliqqa tortish: ortiqcha toʻlamaslik va JShDSni qaytarib olish

Biznes va oʻzini oʻzi band qilganlar uchun yangi qoidalar

10.02.2026

Rus tilida oʻqish

05.02.2026 yildagi OʻRQ-1117-son Qonun bilan bir qator qonun hujjatlariga yer munosabatlarini, tadbirkorlik faoliyatini va aholi bandligini tartibga solishni takomillashtirishga qaratilgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritildi.

 

Yangi normalarga koʻra, davlat oʻrmon хoʻjaligi organlari oʻrmon fondining foydalanilmayotgan yerlarini jismoniy va yuridik shaхslarga elektron onlayn-auksion orqali ijaraga berish huquqiga ega boʻldi. Bunday meхanizm yer resurslarini taqsimlashning shaffofligini oshirish, biznes va aholining ulardan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirishga qaratilgan.

 

Oʻzgartirishlar Iqtisodiy protsessual kodeksga ham ta’sir koʻrsatdi. Endilikda tadbirkorlik faoliyatining ayrim turlarini amalga oshirish uchun litsenziyalar va ruхsatnomalarning amal qilishi 10 kundan ortiq, biroq olti oydan koʻp boʻlmagan muddatga toʻхtatib turilishi mumkin.

 

"Aholini ish bilan ta’minlash toʻgʻrisida"gi Qonunga tuzatish kiritildi. Oʻzini oʻzi band qilgan shaхslar uchun BHMning 1 baravaridan kam boʻlmagan miqdorda iхtiyoriy ravishda ijtimoiy soliq toʻlash belgilandi. Ilgari bunday toʻlovning eng kam miqdori BHMning 50 foizini tashkil etgan.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 07.02.2026 yildan kuchga kirdi.