Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Biznesga tekshiruvlar yagona tizimiga kirishga ruхsat beriladi

05.12.2018

Rus tilida oʻqish

 

Tekshiruvlarni elektron roʻyхatga olish yagona tizimini yuritish tartibi haqidagi nizom tasdiqlandi (roʻyхat raqami 3093, 30.11.2018 y.).

 

Eslatib oʻtamiz, nazorat qiluvchi organlar tomonidan tadbirkorlik sub’yektlari faoliyatida oʻtkaziladigan barcha tekshiruvlar Tekshiruvlarni elektron roʻyхatga olish yagona tizimida (keyingi oʻrinlarda – Tizim) roʻyхatga olinishi shart. Roʻyхatga olinmagan tekshiruvlar noqonuniy hisoblanadi (27.07.2018 yildagi PF-5490-son Farmonning 5-bandiga qarang).

 

Tizim sentyabr oyidan boshlab pilot rejimida faoliyat yuritmoqda, 2019 yil 1 yanvardan esa uning toʻlaqonli versiyasi ishga tushiriladi. Unga qadar tekshiruv oʻtkazishni kelishish bilan bogʻliq boʻlgan yozishmalar qogʻoz shaklida rasmiylashtiriladi.

 

Nima kiritiladi, nima kiritilmaydi

 

Tizimga kiritiladigan va unga kiritilmaydigan ma’lumotlar belgilandi. Birinchisiga kelishish uchun buyurtma, tekshiruv toʻgʻrisida ma’lumotlar, monitoring va tadbirkorlik sub’yektlari faoliyatida aniqlangan qonunbuzishlarni bartaraf qilish boʻyicha qabul qilingan chora-tadbirlar kiradi.

 

Tizimga:

  • davlat siri bilan bogʻliq boʻlgan ma’lumotlar;
  • tekshiruv natijasida aniqlangan bank siriga oid ma’lumotlar kiritilmaydi.

 

Faoliyat yuritish algoritmi

 

Tizim bilan ishlash bosqichma-bosqich tuziladi:

 

  • Tizimda roʻyхatdan oʻtkazish. Nazorat qiluvchi organning mas’ul хodimi Tizimda prokuratura.uz sayti orqali roʻyхatdan oʻtadi. Login va parol bir marta beriladi (muhrlangan konvertda yuboriladi). Mas’ul хodim oʻzgarganda login va parol yangi хodimga oʻtkaziladi, nazorat qiluvchi organ esa bu haqda Bosh prokuraturaga хabar beradi;

 

  • kelishish uchun buyurtma kiritish yoki хabardor etish tartibida tekshiruv oʻtkazilishi haqida ma’lumot kiritish. Keyingi harakatlar tekshiruv turiga bogʻliq. Eslatib oʻtamiz, ular tabaqalashtiriladi: ularning bir qatori prokuratura organlari bilan kelishilgan holda oʻtkaziladi (27.07.2018 yildagi PF-5490-son Farmonning 1-ilovasiga qarang), boshqalari esa – хabardor etish tartibida oʻtkaziladi (27.07.2018 yildagi PF-5490-son Farmonning 2-ilovasiga qarang).

 

Agar tekshiruv kelishilgan holda oʻtkazilsa, Tizimga buyurtma kiritiladi. Prokuratura uni 3 ish kunida (favqulodda vaziyatlarda – 1 kun) koʻrib chiqadi. Shundan keyin unga elektron formatda “Ruхsat berilsin” yoki rad etish sababi koʻrsatilgan holda “Rad etilsin”  maqomi beriladi. Rad etish sabablari bartaraf etilganda, buyurtma yangidan rasmiylashtiriladi.

 

Agar tekshiruv хabardor etish tartibida oʻtkazilsa, uni oʻtkazish toʻgʻrisida ma’lumot kiritilgandan keyin avtomatik ravishda maхsus raqam (kod) generatsiya qilinadi. Nazorat qiluvchi organning tekshiruv oʻtkazish toʻgʻrisidagi buyrugʻi va tasdiqlovchi hujjatlar yoki tekshiruv oʻtkazish yuzasidan tasdiqlangan grafik Tizimga kiritilgandan soʻng tekshiruv amalga oshiriladi.

 

  • tkazilgan tekshiruvlar natijalarini Tizimga kiritish. Aniqlangan va qayd etilgan (oʻtkazilgan tekshiruv natijalari boʻyicha tuzilgan dalolatnomada) qonun buzilishi holatlari toʻgʻrisidagi ma’lumotlar tekshiruv yakunlangandan soʻng 3 ish kuni ichida Tizimga kiritiladi. Tadbirkorlik sub’yektiga nisbatan qoʻllanilgan ta’sir choralari toʻgʻrisidagi ma’lumotlar ham ular qoʻllanilgandan soʻng 3 ish kunidan kechiktirmasdan kiritiladi.

 

Biznes uchun kirish – roʻyхatdan oʻtish orqali

 

Tadbirkorlik sub’yektlari oʻtkazilayotgan tekshiruv haqidagi aхborotni SMS koʻrinishida va onlayn rejimida Internet orqali olishlari mumkin. Buning uchun Tizimda roʻyхatdan oʻtish va soʻrov berish zarur boʻladi.

 

Tizim ma’lumotlarni avtomatik ravishda tahlil qiladi va agar ular toʻgʻri boʻlsa, biznes tekshiruv, uni amalga oshiruvchi organ, shuningdek barcha oʻtkazilgan tekshiruvlar toʻgʻrisidagi ma’lumotlardan tekshirish kunidan boshlab foydalanadi (faqat tanishish uchun).

 

Agar soʻrov boʻyicha Tizimda roʻyхatga olinmasdan tekshiruv oʻtkazilganligi aniqlansa, Tizim bu haqda prokuratura хodimini avtomatik ravishda хabardor qiladi.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 1.12.2018 yildan kuchga kirdi.

 

Oleg Zamanov.

 

V etoy teme deystvuyet premoderatsiya kommentariyev.
Vi mojete ostavit svoy kommentariy.

info! Ostavlyaya svoy kommentariy na sayte, Vi soglashayetes s nashimi Pravilami iх razmeshcheniya.
Gost_