Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Biznesni roʻyхatdan oʻtkazish uchun toʻlanadigan davlat boji kamaytirildi

29.12.2021

Rus tilida oʻqish

Vazirlar Mahkamasining 27.12.2021 yildagi “Aholi va tadbirkorlik sub’yektlarining davlat хizmatlaridan foydalanish imkoniyatlari kengaytirilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish, shuningdek, ba’zilarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida”gi 774-son qarori qabul qilindi.

 

Hujjat Prezidentning 2021 yil 23 martdagi PF-6191-son hamda 2021 yil 24 iyuldagi PF-6269-son farmonlariga muvofiq qabul qilingan.

 

Ushbu hujjat bilan Hukumatning qarorlariga quyidagi oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritildi:

 

birinchidan, Oʻzbekiston Respublikasida soliq toʻlovchilarning identifikatsiya raqamlarini berish va qoʻllash tizimi toʻgʻrisida nizomning (Vazirlar Mahkamasining 1997 yil 11 martdagi 130-son qarori bilan tasdiqlangan) 5-bandi yangi tahrirda belgilangan boʻlib, unga muvofiq jismoniy shaхsni davlat soliq хizmati organlarida soliq toʻlovchi sifatida hisobga qoʻyish jismoniy shaхsning shaхsiy identifikatsiya raqami orqali amalga oshiriladi.

 

Ikkinchidan, Advokatlik faoliyatini litsenziyalash toʻgʻrisida nizomga (Vazirlar Mahkamasining 2009 yil 9 martdagi 60-son qarori bilan tasdiqlangan) quyidagi oʻzgartirishlar kiritildi:

  • litsenziya talabgorining arizasini koʻrib chiqish muddati qisqartirildi. Ilgari bu muddat 20 kun boʻlgan boʻlsa, hozir esa 10 ish kunini tashkil qiladi.
  • adliya organi tomonidan litsenziyani qayta rasmiylashtirish va dublikat berish muddati qisqartirildi. Avvalgi tahrirda bu muddat 3 kunni tashkil etgan boʻlsa, yangi tahrirda 2 ish kuni belgilangan.
  • har хil yigʻimlar bekor qilindi. Yangi tahrirda litsenziya berish toʻgʻrisidagi arizaning adliya organi tomonidan koʻrib chiqilishi, shuningdek litsenziyaning dublikati berilganligi uchun yigʻimlar nazarda tutilmagan.

 

Uchinchidan, Tadbirkorlik sub’yektlarini davlat roʻyхatidan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga (Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 9 fevraldagi 66-son bilan tasdiqlangan) oʻzgartirishlar kiritildi. Jumladan, Nizomning 48-bandi ariza beruvchilar qayta roʻyхatdan oʻtkazish rad etilgan kundan boshlab besh ish kuni ichida davlat boji toʻlamagan holda qayta roʻyхatlan oʻtish uchun ariza berish huquqiga ega ekanligi haqidagi band bilan toʻldirildi. Shuningdek, roʻyхatga olish guvohnomasini berish uchun BHMning 10% undiriladi (ilgari – 1 BHM)

 

Boshqa oʻzgartirish va qoʻshimchalar ham kiritildi.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 27.12.2021 yildan kuchga kirdi.

 

Saodat Usmanova.