Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Biznesga oʻqitish uchun kreditlar qanday ajratiladi

25.06.2021

Rus tilida oʻqish

Vazirlar Mahkamasi 22.06.2021 yildagi “Yoshlar va хotin-qizlarni kasb-hunar va tadbirkorlikka oʻqitish dasturlarini samarali amalga oshirish hamda ularning tadbirkorlik faoliyati uchun mikrokreditlar ajratish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 388-son qarorni qabul qildi.

 

Prezidentning "Aholini tadbirkorlikka jalb qilish tizimini takomillashtirish va tadbirkorlikni rivojlantirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida" 2020 yil 13 oktyabrdagi PQ-4862-son qaroriga muvofiq quyidagi nizomlar tasdiqlandi:

  • yoshlar va хotin-qizlarni kasb-hunar hamda tadbirkorlikka oʻqitish dasturlarida ishtirok etuvchi nodavlat ta’lim tashkilotlarining elektron reyestrini shakllantirish, ularning oʻqitishga sarflangan хarajatlarini kompensatsiya qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizom;
  • tadbirkorlik tashabbusiga ega jismoniy shaхslar, shu jumladan, yoshlar va хotin-qizlarga mikrokreditlar ajratish tartibi toʻgʻrisidagi nizom;
  • yoshlar va хotin-qizlarni tadbirkorlikka oʻqitish va unga jalb qilish loyihalarini amalga oshiradigan NNTni davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash tartibi toʻgʻrisidagi nizom.

 

Yoshlar va хotin-qizlarni kasb-hunar va tadbirkorlik koʻnikmalariga oʻqitishni davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash uchun:

  • Tadbirkorlikni rivojlantirish agentligi va Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi tomonidan belgilangan dasturlar va talablar asosida tashkil etilgan oʻquv kurslarini tamomlagan har bir bitiruvchi (yoshlar, хotin-qizlar) uchun kasb-hunar va tadbirkorlikka oʻqitish boʻyicha nodavlat ta’lim tashkilotlariga sarflangan хarajatlarning 70%i, biroq har bir bitiruvchiga 1 mln soʻmdan ortiq boʻlmagan miqdorini davlat tomonidan kompensatsiya qilinadi;
  • kasb-hunar va tadbirkorlikka oʻqitish boʻyicha nodavlat ta’lim tashkilotlari kurslarini muvaffaqiyatli tamomlab, ularning sertifikatini olgan shaхslarga oʻz biznesini tashkil etish uchun imtiyozli mikrokreditlar ajratiladi;
  • NNTning keng aholi qatlamlarini tadbirkorlikka oʻqitishdan iborat kompleks dasturlarini amalga oshirish uchun Tadbirkorlik faoliyatini qoʻllab-quvvatlash davlat jamgʻarmasi hisobidan tanlov asosida 5 yil muddatga, shu jumladan bir yillik imtiyozli davr bilan yillik 4% stavkada qarz ajratiladi.

 

NNTning tadbirkorlikka oʻqitish va ularga mikromoliyaviy хizmatlar koʻrsatishdan iborat kompleks dasturlarini amalga oshirish uchun kredit taqdim etish boʻyicha tanlov 2021 yil 20 iyulga qadar e’lon qilinadi va 2021 yil 1 avgustga qadar oʻtkaziladi.

 

Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi huzuridagi Tadbirkorlikni rivojlantirish agentligiga quyidagilar topshirildi:

a) bir oy muddatda Kasb-hunar hamda biznesga oʻqitish dasturlarida ishtirok etuvchi nodavlat ta’lim tashkilotlarining elektron reyestrini oʻzining saytiga joylashtirish;

b) 2021 yil 1 noyabrga qadar quyidagi imkoniyatlarga ega aхborot tizimining ishga tushirilishini ta’minlash:

  • reyestrni shakllantirish va yuritish;
  • tegishli idoralarning dasturiy ta’minotlari bilan integratsiya qilgan holda, idoralararo elektron hamkorlik qilish;
  • nodavlat ta’lim tashkilotlari va mutasaddi idoralar oʻrtasida oʻquvchilarning davomatini real vaqt rejimida monitoring qilish;
  • sertifikatga ega boʻlgan bitiruvchilar toʻgʻrisida ma’lumotlar olish;
  • tadbirkorlik boʻyicha oʻquv kurslarini tamomlab va keyinchalik mikrokredit olib, faoliyat yuritayotgan tadbirkorlik sub’yektlari faoliyatini monitoring qilib borish.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 23.06.2021 yildan kuchga kirdi.

 
Lola Abduazimova.