Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Toʻliq boʻlmagan BYuD bilan rasmiylashtirilgan tovar boʻyicha QQS qanday hisobga olinadi Yangi qoidalar boʻyicha olib chiqiladigan tovarlarga BQD qanday toʻldiriladi Alohida holatlarda (quyib sotish, qaytarishni rasmiylashtirish, buzilgan tovarlarni hisobdan chiqarish) markirovkalangan ichimliklar bilan qanday ishlash kerakTovarni (shu jumladan – buzilgan) NKM orqali almashtirishni qanday rasmiylashtirish kerak Tovarni (shu jumladan – buzilgan) NKM orqali almashtirishni qanday rasmiylashtirish kerak

BMTning qizil pasporti bilan – 30 kunga vizasiz

26.12.2019

Rus tilida oʻqish

2020 yil 1 yanvardan boshlab BMTning biometrik hujjatiga (qizil rangli Laissez-Passer pasporti) ega boʻlgan chet el fuqarolari uchun Oʻzbekiston hududiga kirgan kundan e’tiboran 30 kunlik muddatga vizasiz rejim joriy etiladi. Prezidentning bu haqdagi Farmoni 24 dekabr kuni imzolangan.

 

Moviy rangli Laissez-Passer pasportiga ega boʻlganlar uchun viza tartib-taomillari soddalashtiriladi. Ularga Oʻzbekistonga kirish vizalari taklif qiluvchi tomonning taklifnoma хati asosida 2 ish kuni ichida TIV tomonidan rasmiylashtiriladi.

 

Oʻzbekistonga tashrif buyurayotgan BMTning ikki хil rangdagi pasportlariga ega boʻlganlarning yonida milliy pasporti (harakatlanish hujjati) boʻlishi lozim. Uning amal qilish muddati BMTning biometrik hujjatlari amal qilish muddatidan kam boʻlmasligi kerak.

 

Yaqin kunlarda davlatimiz BMT imtiyozlari va immunitetlari toʻgʻrisidagi konvensiyasiga (Nyu-York, 1946 yil 13 fevral) qoʻshilishi maqsadga muvofiqligi haqidagi masala hal etiladi.

 

Oleg Zamanov.