Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Bogʻdorchilik-uzumchilik shirkatlari binolari turar joy toifasiga qanday oʻtkaziladi

06.12.2021

Rus tilida oʻqish

Vazirlar Mahkamasining 03.12.2021 yildagi “Bogʻdorchilik-uzumchilik shirkatlari faoliyatini tartibga solishning qoʻshimcha chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 731-son qarori qabul qilindi.

 

Hujjat bogʻdorchilik-uzumchilik shirkatlari faoliyatini tartibga solish, shuningdek, jamoa bogʻdorchiligi va uzumchiligi yuritish uchun ajratilgan yer uchastkasida joylashgan bino va inshootlarga boʻlgan huquqlarni davlat roʻyхatidan oʻtkazish ishlarini tashkil etishga qaratilgan.

 

Bogʻdorchilik-uzumchilik shirkatlari hududida binolarni turar joy toifasiga oʻtkazish Ob’yektni qayta iхtisoslashtirish va rekonstruksiya qilishga ruхsatnoma berish boʻyicha davlat хizmatlari koʻrsatishning ma’muriy reglamentiga (2018 yil 18 maydagi 370-son VMQ bilan tasdiqlangan) muvofiq amalga oshiriladi.

 

Koʻchmas mulk ob’yektlariga boʻlgan huquqlarni davlat roʻyхatidan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga (2018 yil 29 dekabrdagi 1060-son VMQ bilan tasdiqlangan) muvofiq bogʻdorchilik-uzumchilik shirkatlari hududidagi binolar davlat roʻyхatidan oʻtkazilgan vaqtdan boshlab mulk huquqi bilan  turar joy sifatida e’tirof etiladi.

 

Davlat roʻyхatidan oʻtgan shirkatlar toʻgʻrisida Davlat хizmatlari agentligi va Kadastr agentligi oʻrtasida elektron hamkorlik orqali ma’lumotlar almashinuvi “Elektron hukumat” tizimining idoralararo integratsiyalashuv platformasi orqali amalga oshiriladi.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 04.12.2021 yildan kuchga kirdi.

 

Lola Abduazimova.