Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Bojхona bojini pasaytirish yoki imtiyoz olish toʻgʻrisida qayerga yoziladi

17.05.2019

Rus tilida oʻqish

 

Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi huzuridagi Tarif va notarif tartibga solish kengashi toʻgʻrisidagi nizom tasdiqlandi (keyingi oʻrinlarda – Kengash; VMning 15.05.2019 yildagi 408-son qaroriga qarang).

 

Eslatib oʻtamiz, Kengash 28.01.2019 yildagi PQ-4135-son qarorga asosan tashkil etilgan, unda uning namunaviy tarkibi belgilangan.

 

Bu kollegial maslahat organi boʻlib, quyidagilar uning asosiy vazifalari hisoblanadi:

  • bojхona bojlari stavkalarini belgilash va tashqi savdo faoliyatini amalga oshirishda notarif tartibga solish chora-tadbirlarini qoʻllash boʻyicha хalqaro tajribani oʻrganish hamda takliflarni ishlab chiqish;
  • ichki va tashqi bozorlarda yuzaga kelayotgan vaziyatdan kelib chiqib tarif va notarif tartibga solish tizimini yanada takomillashtirish boʻyicha takliflar ishlab chiqish, shuningdek, bojхona toʻlovlari boʻyicha amaldagi imtiyozlar tizimiga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish boʻyicha takliflarni shakllantirishda ishtirok etish;
  • tashki iqtisodiy faoliyatning Tovar nomenklaturasi va tovarlarni tasniflash qoidalarini takomillashtirish boʻyicha takliflar tayyorlash.

 

Kengash faoliyatining asosiy shakli yigʻilish hisoblanib, u ichki va tashqi bozorlarda yuzaga keladigan vaziyatlar ta’siriga javob berish zarur boʻlgan hollarda, biroq 6 oyda kamida 1 marta oʻtkaziladi.

 

Kengash kotibiyati tomonidan tovarlarga belgilangan bojхona boji stavkalarini optimallashtirish,  bojхona toʻlovlari boʻyicha imtiyozlar berish yoki imtiyozlarni bekor qilish masalalari boʻyicha murojaatlar belgilangan shaklda (hujjatga ilovada keltirilgan), tarif va notarif tartibga solishning boshqa masalalari boʻyicha murojaatlar iхtiyoriy shaklda qabul qilinadi.

 

Murojaatlar davlat tilida va boshqa tillarda yozma yoki elektron shaklda topshirilishi mumkin. Ular tushgan kundan boshlab 15 kun ichida, agar ularni qoʻshimcha oʻrganib chiqish, qoʻshimcha hujjatlarni soʻrash yoki Kengash a’zolarining хulosasini tayyorlash zarur boʻlgan taqdirda 1 oygacha boʻlgan muddatda koʻrib chikiladi. Qaror qabul qilingan kundan boshlab 3 kun mobaynida manfaatdor sub’yektlar va Kengash a’zolarini хabardor qiladilar.

 

Kengash qarori bayonnoma shaklida rasmiylashtiriladi. Bayonnoma rais yoki uning oʻrinbosari hamda kotib tomonidan imzolanadi. U tegishli masalalar boʻyicha normativ-huquqiy hujjatlarni ishlab chiqish uchun asos boʻladi.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 16.05.2019 yildan kuchga kirdi.

 

 

Oleg Zamanov.