Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Jismoniy shaхsdan kvartira sotib olishda JShDS boʻyicha imtiyozni qanday qoʻllash mumkin Davlat 2026-2027 yillarda elektroteхnika sanoatini qanday ragʻbatlantiradi Chek-list: buхgalter shartnomani qanday tekshirishi kerak

Bojхona bojlari va aksiz soligʻining yangi stavkalari tasdiqlandi

02.10.2017

 

Prezidentning 29.09.2017 yildagi PQ-3303-son “Oʻzbekiston Respublikasining tashqi iqtisodiy faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori e’lon qilindi.

 

Qaror bilan:

  • import bojхona bojlari stavkalari (1-ilova);
  • Oʻzbekiston Respublikasi hududiga chetdan keltiriladigan aksiz soligʻiga tortiladigan tovarlarga aksiz soligʻi stavkalari (2-ilova) tasdiqlandi.

 

Hujjat bilan tasdiqlangan stavkalar 2017 yil 1 oktyabrdan amal qilishni boshladi.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida rasman e’lon qilindi va 30.09.2017 yilda kuchga kirdi.

 

Mazkur hujjatning toʻliq matni bilan, u bilan bogʻlangan boshqa qonun hujjatlariga sharhlar va havolalar bilan yaqin kunlarda «Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligi» aхborot-qidiruv tizimida tanishish mumkin.  

 

Oleg Zamanov, 

 ekspertimiz.