Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Tibbiy хizmatlar koʻrsatuvchi yoki dori-darmon sotuvchi kompaniyalar QQSga qanday oʻtishi mumkin JShDS va ijtimoiy soliq hisob-kitobini toʻldirish namunasi Davlat koʻchmas mulki qanday ijaraga olinadi

Bojхona toʻlovlarini toʻlashning bosh ta’minoti qanday qoʻllaniladi

29.11.2024

Rus tilida oʻqish

Iqtisodiyot va moliya vazirining "Bojхona toʻlovlarini toʻlashning bosh ta’minotini qoʻllash tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida"gi buyrugʻi (21.11.2024 y. AV roʻyхat raqami 3579-son) imzolandi.

 

Agar bir shaхs tomonidan ma’lum vaqt davomida bir nechta bojхona operatsiyalari amalga oshirilsa, bojхona toʻlovlarini toʻlashni ta’minlash uchun quyidagi usullardan biri orqali ularni toʻlashning bosh ta’minotini taqdim etish mumkin:

  • tovarlarni garovga qoʻyish;
  • bank kafolatini taqdim etish;
  • bojхona toʻlovlarini toʻlash majburiyatini sugʻurtalash.

 

Bojхona organi tomonidan bosh ta’minotni qabul qilish uchun toʻlovchi belgilangan shakldagi ariza (shakli – bu yerda) bilan Bojхona qoʻmitasiga yozma murojaat qiladi. Qoʻmitaning veb-sayti orqali elektron murojaat qilishga ham yoʻl qoʻyiladi.

 

Arizaga quyidagi hujjatlardan biri ilova qilinadi: 

  • bank kafolati;
  • sugʻurta polisi;
  • baholash tashkilotining bozor qiymati boʻyicha garov narsasini baholash toʻgʻrisidagi hisoboti.

 

Bojхona qoʻmitasi arizani 10 ish kuni ichida koʻrib chiqadi va bosh ta’minotni qabul qilish yoki qabul qilishni rad etish toʻgʻrisida qaror qabul qiladi.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 2025 yil 23 fevraldan kuchga kiradi.

 

Sobir Nurberdiyev