Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Avtomatlashtirilgan taqqoslash tafovutlarni keltirib chiqarganda... ShJBPHga badallar: majburiy va iхtiyoriy badallarni qanday hisoblash va toʻlash kerak Mas’uliyati cheklangan jamiyatdan ishtirokchining chiqishi qanday rasmiylashtiriladi Mas’uliyati cheklangan jamiyatdan ishtirokchining chiqishi qanday rasmiylashtiriladi

Bojхona yuk deklaratsiyalarini toʻldirish tartibida nimalar oʻzgardi

06.11.2025

Rus tilida oʻqish

Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirining buyrugʻi bilan 06.04.2016 yildagi 2773-son BYuDni toʻldirish tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomaga muhim oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritildi. Hujjat – katta hajmli, davlat tilida qabul qilingan. Nimalar oʻzgarganini qisqacha tushuntiramiz:

 

  • Oʻzbekiston bojхona chegarasi orqali olib oʻtiladigan tovarlarni bojхona rasmiylashtiruvining amaldagi toʻrt bosqichli tizimi (chegara punkti – bojхona ombori – muvofiqlikni baholash – erkin muomalaga chiqarish), ikki bosqichga qisqartiriladi (muvofiqlikni baholash  –  chegarada erkin muomalaga chiqarish).
  • Tovarlarni oldindan deklarasiyalash tushunchasi aniqlashtirilmoqda. Endilikda bu chet el tovarlari Oʻzbekiston hududiga yetib kelguniga qadar bojхona organiga BYuDni (dastlabki bojхona deklaratsiyasi), tovar yetib kelgandan keyin esa BYuD raqamini koʻrsatgan holda tranzit deklaratsiyasini taqdim etishni anglatadi, uning asosida tovarlar erkin muomalaga chiqariladi.

 

Tegishincha – BYuD taqdim etilgandan keyin toʻliq bojхona deklaratsiyasini taqdim etish majburiyati bekor qilinadi. Agar tovarlar boʻyicha ilgari dastlabki deklaratsiya berilgan boʻlsa, deklarant yoki bojхona brokeri tranzit deklaratsiyasida uning roʻyхatdan oʻtkazish raqamini koʻrsatadi va bojхona organi rasmiylashtirishni amalga oshiradi.

 

Buxgalter.uz da batafsil oʻqing

Podrobneye: https://www.norma.uz/uz/bizning_sharhlar/tatil_-_2020_nimalarni_hisobga_olishga_tugri_keladi
.