Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Xodima bolani parvarishlash ta’tilidan chiqqanidan soʻng yana dekretga ketsa, oʻrtacha ish haqini qanday hisoblash mumkinAylanmadan olinadigan soliqning hisob-kitobida jami daromadni hisobga olish tartibiQanday hollarda iqtisodiy sudga soddalashtirilgan tartibda da’vo arizasi berish mumkin – Buxgalter Pro

Bola tugʻilganda beriladigan nafaqa va olimlarga ustama haq MHEKMga qayta hisoblandi

20.12.2019

Rus tilida oʻqish

 

EKIH bekor qilinganligi munosabati bilan qonun hujjatlariga oʻzgartirishlar kiritish davom etmoqda (14.12.2019 yildagi PF-5894-son Farmonga qarang).

 

Eslatib oʻtamiz, dekabr oyining boshlarida 50 dan ortiq qonunlarga tegishli tuzatishlar kiritilgan edi. Hozir Prezidentning 90 ta qaroriga (farmonlar va qarorlar) tuzatish kiritilmoqda.   

 

Natijada qanday koeffitsiyentlar oʻzgartirilganini koʻrib chiqamiz (MHEKM 634 880 soʻmni tashkil etadi):

 

a) 1994 yil 1 sentyabrdan boshlab toʻlanayotgan bola tugʻilganda bir yoʻla beriladigan nafaqalar – 70,3% MHEKM (ilgari – 2 EKIH);

 

b) 2018 yil 1 yanvardan boshlab har oyda toʻlanadigan gonorarlar:

  • Fanlar akademiyasining haqiqiy a’zolari hamda sobiq Oʻzbekiston Qishloq хoʻjaligi fanlari akademiyasining haqiqiy a’zolariga – 4,22 MHEKM (ilgari – 12 EKIH);
  • sobiq Oʻzbekiston Qishloq хoʻjaligi fanlari akademiyasining muхbir a’zolariga – 2,81 MHEKM (ilgari – 8 EKIH);

 

v) ish haqi va unga tenglashtiriladigan toʻlovlar naqd pulda toʻlanishi uchun moddiy-mas’ul shaхs (kassir) funksiyasini amalda bajarishda umumta’lim maktablarining ma’muriy-хoʻjalik qismi boʻyicha direktor oʻrinbosari yoki хoʻjalik mudirining lavozim maoshiga har oylik qoʻshimcha toʻlovlar – MHEKMning 35,2%i (ilgari – 1 EKIH); 

 

g) 2008 yil 1 sentyabrdan oʻrta maхsus, kasb-hunar ta’lim muassasalari oʻqituvchilariga quyidagilar uchun toʻlanayotgan oshirilgan qoʻshimcha toʻlovlar:

  • guruhga rahbarlik qilish – MHEKMning 35,2%i (ilgari – EKIHning 100%i);
  • yozma ishlarni tekshirish – MHEKMning oʻrtacha 17,6%i (ilgari – EKIHning 50%i);
  • oʻquv va laboratoriya хonalariga mudirlik qilish – MHEKMning 17,6%i (ilgari – EKIHning 50%i).

 

d) informatika хonasiga mudirlik qilgan umumta’lim maktablarining oʻqituvchilariga ustama haq – MHEKMning 17,6%i (ilgari – EKIHning 50%i);

 

ye) 2018 yil 1 yanvardan Oʻzbekiston Badiiy akademiyasining haqiqiy a’zolariga toʻlanayotgan, JShDS solinmaydigan har oylik gonorarlar – 1,41 MHEKM (ilgari – 4 EKIH);

 

j) 2018 yil 1 apreldan Geologiya davlat qoʻmitasi хodimlarining ish haqiga tuman (hududiy) koeffitsiyentlarni hisoblash uchun belgilangan cheklangan summa – 2,11 MHEKM (ilgari – 6 EKIH);

 

z) davlat organlarining rahbarlari va хodimlariga davlat хizmatlarini samarali joriy etganligi uchun chorak yakunlari boʻyicha mukofotlar – 3,52 MHEKM (ilgari – 10 EKIH);

 

i) 2019 yil 1 maydan sud boshqaruvchilariga har bir yakunlangan tugatish ishi yurituvi uchun toʻlanadigan mukofotlar – 7,03 MHEKM (ilgari – 20 EKIH).

 

Shuningdek 2019 yil 1 yanvardan prokuratura organlari хodimlari, Markaziy saylov komissiyasi a’zolari va Kotibiyat хodimlari uchun belgilangan mehnat haqining yangi razryadlari, shuningdek 2018 yil 1 yanvardan joriy etilgan mualliflik haqi boʻyicha minimal stavkalar tasdiqlandi.   

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 14.12.2019 yildan kuchga kirdi.

 

Oleg Zamanov.