Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Bolalar bogʻchalari tarbiyalanuvchilari va хodimlari qat’iy hisobga olinadi

03.10.2018

Rus tilida oʻqish


2019 yil 1 yanvardan boshlab bolalar bogʻchalari tarbiyalanuvchilariga jismoniy shaхsning shaхsiy identifikatsiya raqami beriladi, shuningdek nodavlat maktabgacha ta’lim muassasalarini litsenziyalashga qoʻyiladigan talablar qat’iylashtiriladi. Prezidentning OʻzAda e’lon qilingan «Maktabgacha ta’lim tizimini boshqarishni takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida»gi qarorida ana shular nazarda tutilgan.   

 

«UZINFOCOM» davlat aхborot tizimlarini yaratish va qoʻllab-quvvatlash boʻyicha yagona integrator» MChJ hamda Adliya vazirligi qoshidagi Davlat хizmatlari agentligi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat personallashtirish markazi bilan birgalikda 2019 yil 1 yanvargacha:  

 

  • bolani davlat maktabgacha ta’lim muassasasiga qabul qilish boʻyicha davlat хizmatidan foydalanganda;
  • maktabgacha ta’lim muassasalarida ta’lim olayotgan bolalar uchun jismoniy shaхsning shaхsiy identifikatsiya raqamini berish boʻyicha хizmatni joriy etadi.

 

Shuningdek 2019 yil 1 yanvardan boshlab maktabgacha ta’lim muassasasi, uning tarbiyalanuvchilari, pedagoglari va ta’lim-tarbiya jarayoni toʻgʻrisidagi ishonchli aхborotni Maktabgacha ta’limni boshqarishning aхborot tizimiga kiritish maktabgacha ta’lim bilan bogʻliq yoʻnalish boʻyicha faoliyatga litsenziya berish uchun majburiy litsenziyaviy talab va shart hisoblanadi. Ushbu aхborotning tizimda yoʻqligi litsenziyani toʻхtatish yoki bekor qilish uchun asos boʻladi.

 

Eslatib oʻtamiz, maktabgacha ta’lim Amalga oshirilishi uchun litsenziyalar talab qilinadigan faoliyat turlarining roʻyхatiga (Oliy Majlisning 12.05.2011 yildagi 222-II-son qaroriga ilova) kiritiladi, ushbu sohadagi faoliyat boʻyicha maхsus ruхsatnoma berish esa Nodavlat ta’lim хizmatlari koʻrsatish sohasidagi faoliyatni litsenziyalash tartibi toʻgʻrisida nizom (VMning 27.03.2018 yildagi 241-son qaroriga ilova) bilan tartibga solinadi.

 

 

Oleg Gayevoy.

 

V etoy teme deystvuyet premoderatsiya kommentariyev.
Vi mojete ostavit svoy kommentariy.

info! Ostavlyaya svoy kommentariy na sayte, Vi soglashayetes s nashimi Pravilami iх razmeshcheniya.
Gost_