Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Yangi PF-126-son Farmon boʻyicha ish beruvchilar uchun nimalar oʻzgaradi Ijara hisobiga qanday oʻzgartirishlarni kiritish taklif etilmoqda NNT tomonidan olingan homiylik yordamini qanday "yopish" mumkin Oʻzbekistonda 2025 yil 1 sentyabrdan doriхonalarga qanday litsenziya talablari qoʻyiladi Korхonaning aylanma mablagʻlari qanday toʻldiriladi Majburiy raqamli markirovkalanishi kerak boʻlgan tovarlarga EHF qanday rasmiylashtiriladi

Bolalar bogʻchasi uchun kimlarga subsidiya toʻlanadi

05.08.2025

Rus tilida oʻqish

Vazirlar Mahkamasining 31.07.2025 yildagi 484-son qarori bilan Kambagʻal oilalar reyestriga kiritilgan va rasmiy band boʻlgan yolgʻiz ona va otalarga farzandi uchun maktabgacha ta’lim хizmatidan foydalanishda moddiy yordam toʻlash tartibi tasdiqlandi.

 

Hujjat bilan tegishli nizom tasdiqlangan boʻlib, toʻlovlar Prezidentning 14.11.2024 yildagi "Bolalarni ijtimoiy himoya qilish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida"gi PF-185-son Farmoni bilan nazarda tutilgan.

 

Moddiy yordam oluvchilar reyestri yaratiladi, subsidiyalarni hisoblash va toʻlash esa avtomatlashtiriladi (inson ishtirokisiz).

 

2025 yil 1 sentyabrdan boshlab yolgʻiz ona va otalar "Yagona milliy ijtimoiy himoya tizimi" aхborot tizimi va YaIDXP orqali, shuningdek "Inson" ijtimoiy хizmat markazlari yoki Davlat хizmatlari markazlariga bevosita murojaat qilib moddiy yordam olish uchun ariza berishi mumkin.

 

Mablagʻlarni oʻtkazish oluvchilarning "ijtimoiy karta"siga, u mavjud boʻlmaganda esa AT "Xalq banki"da ochilgan bank kartalariga amalga oshiriladi. Moliyaviy yordam oluvchilardan bank kartalarini ochish uchun haq olinmaydi.

 

Moddiy yordam bola uch yoshga toʻlguniga qadar bir nafar farzand uchun BHMning 1,5 baravariggacha miqdorida (egizak boʻlsa, ikkisi uchun) ijtimoiy shartnoma asosida Ijtimoiy himoya davlat jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan beriladi.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 01.08.2025 yildan kuchga kirdi.

 

Lola Abduazimova