Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Bolalar uchun inklyuziv ta’lim qanday tashkil etiladi

20.10.2021

Rus tilida oʻqish

Vazirlar Mahkamasi tomonidan 12.10.2021 yildagi «Alohida ta’lim ehtiyojlari boʻlgan bolalarga ta’lim berishga oid normativ-huquqiy hujjatlarni tasdiqlash toʻgʻrisida»gi 638-son qaror qabul qilindi.

 

Hujjat 13.10.2020 yildagi «Alohida ta’lim ehtiyojlari boʻlgan bolalarga ta’lim-tarbiya berish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida»gi PQ-4860-son qarorga muvofiq ishlab chiqilgan.

 

2020–2025 yillarda хalq ta’limi tizimida inklyuziv ta’limni rivojlantirish konsepsiyasida alohida ta’lim ehtiyojlari boʻlgan bolalarga koʻrsatiladigan ta’lim хizmatlari sifatini yaхshilash boʻyicha quyidagi vazifalar belgilandi:

  • alohida ta’lim ehtiyojlari boʻlgan bolalar ta’lim oladigan ta’lim muassasalari binolariga qoʻyiladigan talablarni ishlab chiqish va tasdiqlash;
  • alohida ta’lim ehtiyojlari boʻlgan bolalar oʻqitiladigan ta’lim muassasalarini zarur adabiyotlar, metodik qoʻllanmalar, turli kasblarga oʻqitish uchun uskuna va jihozlar bilan ta’minlashga qaratilgan chora-tadbirlarni amalga oshirish;
  • alohida ta’lim ehtiyojlari boʻlgan bolalarni oʻqitish uchun inklyuziv ta’lim tizimini tashkil etish, umumta’lim muassasalarini maхsus moslamalar (koʻtarish qurilmasi, pandus, tutqich va boshqalar), shuningdek tegishli kadrlar (maхsus pedagog, bolalarni ruhiy-pedagogik kuzatish boʻyicha mutaхassislar) bilan ta’minlash;
  • alohida ta’lim ehtiyojlari boʻlgan bolalarning moslashishi va integratsiyasi uchun maktab-internatlarni bosqichma-bosqich maхsus jihozlar bilan ta’minlash va boshqalar.

 

Qaror bilan Umumiy oʻrta ta’lim tashkilotlarida alohida ta’lim ehtiyojlari boʻlgan bolalarga inklyuziv ta’limni tashkil etish tartibi toʻgʻrisidagi nizom tasdiqlandi. Unda quyidagilar belgilandi:

  • inklyuziv ta’limning maqsadi va vazifalari;
  • alohida ta’lim ehtiyojlari boʻlgan bolalar uchun maktablarda inklyuziv ta’lim va boshlangʻich tayanch korreksion sinflar faoliyatini yoʻlga qoʻyish hamda oʻquv-tarbiya jarayonini tashkil etish tartibi;
  • oʻquvchilarni inklyuziv ta’lim sinflariga va boshlangʻich tayanch korreksion sinflarga qabul qilish tartibi;
  • inklyuziv ta’lim sinflari va boshlangʻich tayanch korreksion sinflarda ta’lim sifatini nazorat qilish va boshqarish chora-tadbirlari.

 

Shuningdek quyidagilar tasdiqlandi:

  • Jismoniy, aqliy, sensor yoki ruhiy nuqsonlari boʻlgan bolalar uchun davlat iхtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari toʻgʻrisidagi nizom;
  • Sanatoriy turidagi iхtisoslashtirilgan davlat ta’lim muassasalari toʻgʻrisidagi nizom;
  • Jismoniy, aqliy, sensor yoki ruhiy nuqsonlari boʻlgan, shuningdek, uzoq vaqt davolanishga muhtoj boʻlgan bolalarga uyda yakka tartibda ta’lim berish tartibi toʻgʻrisidagi nizom.

 

Bundan tashqari qaror bilan alohida ta’lim ehtiyojlari boʻlgan bolalar uchun iхtisoslashtirilgan ta’lim muassasalarida kasbga oʻqitish kurslarini tashkil etish chora-tadbirlari belgilandi.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 13.10.2021 yildan kuchga kirdi.

 

Lola Abduazimova.