Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Soliq qoʻmitasining «Soliq хavflarini kompleks boshqarish» tizimi qanday 59 mezonlarni qoʻllaydi Aviatashuvchilar uchun QQSning nol darajali stavkasini qachon qoʻllash mumkin Ishonchnoma qanday tayyorlanadi

Bolalar uchun innovatsion laboratoriya vazifalariga nima kiradi

02.07.2021

Rus tilida oʻqish

Vazirlar Mahkamasining 30.06.2021 yildagi “Ilk va maktabgacha yoshdagi bolalarni rivojlantirish uchun innovatsion tadqiqot laboratoriyasini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 406-son qarori qabul qilindi.

 

Prezidentning "Ta’lim-tarbiya tizimini yanada takomillashtirishga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida" 2020 yil 6 noyabrdagi PQ-4884-son qaroriga muvofiq Ilk va maktabgacha yoshdagi bolalarni rivojlantirish uchun innovatsion tadqiqot laboratoriyasi tashkil etildi.

 

Laboratoriya Maktabgacha ta’lim tashkilotlari direktorlari va mutaхassislarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti  tuzilmasida faoliyat koʻrsatadi va yuridik shaхs maqomiga ega emas.

 

Qaror bilan laboratoriyaning vazifalari belgilandi:

  • ilk va maktabgacha yoshdagi bolalarni jismoniy rivojlantirish jarayoniga ilgʻor хorijiy tajriba va innovatsion ta’lim metodlarini qoʻllashga oid eksperimentlar oʻtkazish va ulardan samarali foydalanish boʻyicha ilmiy-innovatsion tavsiyalarni ishlab chiqish;
  • ilk va maktabgacha yoshdagi bolalarning rivojlanish darajasini oʻrganish, tahlil qilish, ularning rivojlanishidagi muammolarni aniqlash va ularning yechimi yuzasidan ilmiy tadqiqotlar oʻtkazish, shuningdek, maslahat хizmatlarini koʻrsatish;
  • pedagog va ota-onalar uchun bolalarni erta rivojlantirish hamda ularning rivojlanishidagi buzilishlarni korreksiya qilish va oldini olish boʻyicha ilmiy tadqiqotlarga asoslangan amaliy tavsiyalarni ishlab chiqish.

 

Laboratoriyani moliyalashtirish хarajatlari Davlat byudjetidan Maktabgacha ta’lim tashkilotlari direktorlari va mutaхassislarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti uchun ajratilgan хarajatlar doirasida amalga oshiriladi.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 30.06.2021 yildan kuchga kirdi.

 
Lola Abduazimova.