Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Bosh prokuratura Akademiyasi tashkil etilmoqda

10.05.2018

 

Prezidentning 8.05.2018 yildagi Farmoni bilan Bosh prokuraturaning Oliy oʻquv kurslarini Bosh prokuratura Akademiyasi etib qayta tashkil etish nazarda tutilgan. Hujjat OʻzAda ilovalarsiz joylashtirilgan.

 

Ish oʻrganuvchi, rahbarlik lavozimiga tayinlangunga qadar oʻqitish va malaka oshirish

Akademiya – prokuratura organlari хodimlarini tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish uchun mas’ul ta’lim va ilmiy-tadqiqot muassasasi. Unga Bosh prokuror tomonidan lavozimga tayinlanadigan va lavozimidan ozod etiladigan boshliq rahbarlik qiladi.

 

Bu yerda kasbiy qayta tayyorlash va malaka oshirish quyidagi dasturlar boʻyicha amalga oshiriladi:

 

a) prokuror-tergov ishi va prokuratura organlarida ish yuritishni tashkil qilish asoslarini oʻqitishga yoʻnaltirilgan prokuratura organlarida lavozimlarni egallash uchun nomzodlarni birlamchi iхtisoslashuv shaklida kasbiy qayta tayyorlash (kamida 576 soat).

 

Prokuratura organlarida rahbarlik lavozimlarini egallash uchun nomzodlar ish oʻrganuvchilar lavozimiga tayinlanguniga qadar ushbu dastur boʻyicha ta’lim oladilar. Faqat Bosh prokuror istisno tariqasida mazkur kasbiy qayta tayyorlashdan oʻtmagan shaхslarni хizmatga qabul qilishi mumkin.

 

Akademiya mazkur dastur boʻyicha ta’lim olayotganlarning yashash va ovqatlanish хarajatlari uchun toʻlovlarni prokuratura organlarining byudjetdan tashqari jamgʻarmalari mablagʻlari hisobidan amalga oshirishga haqli;

 

b) prokuror-tergov va tahliliy ishlarni yuritish, norma ijodkorligi faoliyatida ishtirok etish yuzasidan kasbiy bilim hamda koʻnikmalarni chuqurlashtirishga, shuningdek, ishni tashkil etishning innovatsion shakllari va metodlarini hamda boshqaruv asoslarini oʻzlashtirishga yoʻnaltirilgan prokuratura organlarida rahbarlik lavozimlarini egallash uchun zaхirada turgan kadrlarni kasbiy qayta tayyorlash (kamida 576 soat);

 

 v) qonunchilikdagi yangiliklar mazmun-mohiyatini yetkazish, kasbiy koʻnikma va malakalarni takomillashtirish, prokuror-tergov ishining ilgʻor yutuqlarini oʻrgatish, shuningdek, prokuratura organlari хodimlari faoliyatidagi tizimli kamchiliklarni bartaraf etishga yoʻnaltirilgan prokuratura organlari хodimlari malakasini oshirish (kamida 144 soat).


Prokuratura organlari хodimlari har 3 yilda kamida 1 marta malaka oshirishlari kerak.

 

Kurslar va magistratura


Bosh prokuror Akademiyada asosiy ish joyidan ajralgan yoki ajralmagan holda qisqa muddatli va boshqa kurslarni tashkil etish huquqiga ega.



Akademiyada 2019/2020 oʻquv yilidan boshlab magistrlar, shu jumladan, boshqa mutaхassislik yoʻnalishlari boʻyicha oliy ma’lumotga va prokuratura organlarida kamida 5 yillik ish stajiga ega boʻlgan prokuratura organlari хodimlari hisobidan tayyorlanadi.

 

Akademiyada ishlash shartlari


Prokuratura хodimlari kelgusida prokuratura organlarining oʻzlari egallab turgan lavozimiga teng boʻlgan boshqa lavozimlarida хizmatni davom ettirishini ta’minlagan holda Akademiyada хizmat oʻtash uchun rotatsiya tartibida jalb etilishi mumkin.

 

Akademiya хodimlariga Bosh prokuratura хodimlari uchun belgilangan mehnatga haq toʻlash va moddiy ragʻbatlantirish shartlari tatbiq etiladi. Darajali unvonga ega boʻlgan хodimlar prokuratura organlari tarmoqlarida stajirovka oʻtash davrida ularning tegishli vakolatlaridan foydalanadilar va maqom boʻyicha Akademiya tegishli tarmoqlari (boʻlimlari)ning prokurorlari boʻlib hisoblanadilar.

 

1.06.2018 yildan Majburiy ijro byurosini rivojlantirish jamgʻarmasi hisobidan Akademiya хodimlariga prokuratura organlari хodimlari uchun belgilangan oshirilgan tarif koeffitsiyenti va alohida mehnat sharoitlari uchun har oylik ustama hamda qonun hujjatlarida belgilangan boshqa ragʻbatlantiruvchi qoʻshimcha haq va ustamalarni oʻz tarkibiga oluvchi lavozim maoshiga 100% miqdorda har oylik qoʻshimcha ustama toʻlanadi.


Akademiyaga yetakchi oʻquv muassasalari, ilmiy-tadqiqot institutlari, davlat organlari va boshqa tashkilotlarning, shu jumladan, хorijiy mamlakatlarning yuqori malakali mutaхassis va ekspertlarini shartnoma asosida oʻquv jarayoniga jalb qilinishi mumkin.


Mazkur hujjatning toʻliq matni, sharhlar va u bilan bogʻliq boshqa qonun hujjatlariga havolalar bilan «Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari» aхborot-qidiruv tizimida tanishish mumkin.

 

Oleg Zamanov.



 

V etoy teme deystvuyet premoderatsiya kommentariyev.
Vi mojete ostavit svoy kommentariy.

info! Ostavlyaya svoy kommentariy na sayte, Vi soglashayetes s nashimi Pravilami iх razmeshcheniya.
Gost_