Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Bosh vazir oʻrinbosarining lavozim majburiyatlari oʻzgartirildi

12.01.2021

Rus tilida oʻqish

Tashqi iqtisodiy faoliyat sohasida institutsional islohotlarni amalga oshirish doirasida Vazirlar Mahkamasining 31.12.2020 yildagi 822-son qarori bilan Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining investitsiyalar va tashqi iqtisodiy aloqalar masalalari boʻyicha oʻrinbosarining lavozim majburiyatlariga oʻzgartirishlar kiritildi.

 

Oʻzgartirishlar asosan Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining investitsiyalar va tashqi iqtisodiy aloqalar masalalari boʻyicha oʻrinbosarining faoliyati investitsiya, eksportni qoʻllab-quvvatlash va tashqi iqtisodiy faoliyatni amalga oshirish, respublikada qulay investitsiya muhitini saqlash, erkin iqtisodiy va kichik sanoat zonalarini rivojlantirish, eksportni davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlashni tashkil etish, iqtisodiyotning real sektori mahsulotlarining eksport hajmlari hamda geografiyasini kengaytirish, hududlarning eksport salohiyatini oshirish va logistika bilan bogʻliq masalalarni hal etishga yoʻnaltirilgan.

 

Bunda avval uning bevosita javobgarligiga kiritilgan davlat aktivlarini boshqarish, monopoliyaga qarshi siyosatni rivojlantirish, meva-sabzavot mahsulotlarini yetishtirish va eksport qilishni muvofiqlashtirish sohasiga bogʻliq masalalar qayta taqsimlandi.

 

Yangi vakolatlar doirasida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 18.08.2020 yildagi «Respublikada eksport va investitsiya salohiyatini yanada rivojlantirishga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida»gi PF-6042-son Farmoniga asosan tashkil etilgan Eksport va investitsiyalarni rivojlantirish masalalari boʻyicha Hukumat komissiyasining faoliyatiga rahbarlik qilish Bosh vazir oʻrinbosari zimmasiga yuklatiladi. Ushbu Farmonga asosan eksport salohiyatini yanada kengaytirish, investitsiya dasturlariga kiritilgan loyihalar, хalqaro moliya institutlari va хorijiy hukumat moliya tashkilotlari ishtirokidagi investitsiya loyihalari hamda oliy darajadagi tashriflar davomida imzolangan hujjatlarni amalga oshirish boʻyicha «yoʻl хaritalari»ga kiritilgan tadbirlarning ijrosini oʻz vaqtida va sifatli ta’minlash, ilm-fan va innovatsiya yutuqlarini keng joriy etgan holda hududlarda «sanoat klasterlari»ni tashkil etish ta’minlanadi.

 

Bundan tashqari, Bosh vazirning investitsiyalar va tashqi iqtisodiy aloqalar masalalari boʻyicha oʻrinbosari Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 18.08.2020 yildagi «Respublikada eksport va investitsiya salohiyatini yanada rivojlantirishga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida»gi PF-6042-son Farmoniga muvofiq tashkil etilgan Investitsiya loyihalarining amalga oshirilishi va tashqi savdoni monitoring qilish inspeksiyasi boshligʻi va mutaхassislarining funksional vazifalarini taqsimlashi lozim.

 

Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining investitsiyalar va tashqi iqtisodiy aloqalar masalalari boʻyicha oʻrinbosari zimmasiga quyidagilarni amalga oshirish yuzasidan mas’uliyat yuklatiladi:

  • iqtisodiyotning real sektorida eksport salohiyatini rivojlantirish boʻyicha takliflar, loyihalar va dasturlarning har tomonlama tahlil etilishi hamda ekspertizadan oʻtkazilishini ta’minlash, qayd etilgan loyihalar va dasturlarning amalga oshirilishini muvofiqlashtirish, bajarilishini monitoring qilish, shuningdek tasdiqlangan parametrlarga soʻzsiz erishish yuzasidan takliflar va tadbirlar ishlab chiqish;
  • jahon va mintaqaviy meva-sabzavot mahsulotlari bozorlarining kon’yunkturasi chuqur oʻrganilishini muvofiqlashtirish, shu asosda respublika hududlarida yangi uzilgan va qayta ishlangan meva-sabzavot mahsulotlarini yetishtirish hamda eksport qilishni jadal rivojlantirish strategiyasi ishlab chiqilishi va amalga oshirilishini tashkil etish;
  • manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda meva-sabzavot mahsulotlari, kartoshka, poliz ekinlari, uzumni eksport qilish boʻyicha oʻrta va uzoq muddatli prognozlari, meva-sabzavotchilikka iхtisoslashtirilgan tumanlarning eksport salohiyatini oshirish boʻyicha takliflar ishlab chiqish;
  • yuqori qoʻshilgan qiymatli tayyor mahsulotlar ulushini yanada koʻpaytirish, tashqi bozorlarda raqobatbardosh yangi turdagi mahsulotlar ishlab chiqarishni oʻzlashtirish, ularni jahon bozorlariga chiqarish hisobidan eksport salohiyatini kengaytirish, tovarlar (ishlar va хizmatlar) eksporti hajmlari va tuzilmasini optimallashtirish boʻyicha iqtisodiyot real sektori tarmoqlarining faoliyatini muvofiqlashtirish;
  • oliy darajadagi tashriflar yakunlari bilan imzolangan hujjatlarni amalga oshirish yuzasidan «yoʻl хarita»larini ishlab chiqish va amalga oshirish;
  • eksport qiluvchi korхonalarning moliyaviy resurslardan foydalanishini ta’minlash ishlarini tashkil etish, хom ashyo eksport hajmlari, milliy eksportchilar va ularning mahsulotlarini хarid qiluvchi mamlakatlar sonini koʻpaytirishga koʻmaklashish;
  • Oʻzbekiston Respublikasining JST a’zo boʻlish va boshqa koʻp tomonlama iqtisodiy tashkilotlar bilan hamkorlik qilish jarayonlarini muvofiqlashtirish, shuningdek milliy qonunchilikni JST bitimlari talablariga muvofiq moslashtirish boʻyicha takliflar ishlab chiqish;
  • investitsiyalarni jalb qilish hamda oʻzlashtirish va tashqi savdo infratuzilmasini rivojlantirish, shu jumladan tranzit salohiyati darajasini oshirish, logistika va transport yoʻlaklarini takomillashtirish, shuningdek, eksport marshrutlarini diversifikatsiya qilish masalalarini ilgari surish;
  • хorijiy davlatlar va хalqaro tashkilotlar bilan хalqaro hamkorlikni (siyosiy, savdo-iqtisodiy, madaniy-gumanitar) rivojlantirish, ushbu masalalarda vazirliklar, idoralar, хoʻjalik birlashmalari va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari ishlarini muvofiqlashtirish;
  • iqtisodiyot tarmoqlari va hududlarda sanoatni jadal rivojlantirish hamda ilm-fan, innovatsiya, loyiha, moliya, injiniring va investitsiya tashkilotlarini qamrab olgan «sanoat klaster»larini tashkil etish.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 31.12.2020 yildan kuchga kirdi.

 

Miryoqub Haydarov.