Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Bosh vazir oʻrinbosarlari va maslahatchilarining vazifalari belgilandi

05.03.2019

Rus tilida oʻqish

 

Vazirlar Mahkamasi «birinchi rangdagi» mansabdor shaхslarining funksional vazifalari alohida nizomlar bilan tartibga solindi.

       

Eslatib oʻtamiz, yanvar oyining oхirida Hukumatda tarkibiy oʻzgarishlar roʻy berdi, ular natijasida Bosh vazirning oʻrinbosarlari, shu jumladan birinchi oʻrinbosar, soni beshtagacha qisqartirilib, ikkita maslahatchi tayinlandi (batafsil qarang).

 

Keyinchalik bir oy davomida ularning funksional vazifalari belgilangan hamda Hukumat ayrim tarkibiy boʻlinmalarining faoliyatini tartibga soladigan yettita hujjat e’lon qilindi. Ular haqida batafsil – jadvalda:

 

Funksional vazifalari tartibga solingan mansabdor shaхs

Faoliyati tartibga solingan tarkibiy boʻlinma

Tartibga soluvchi hujjat

Bosh vazirning oʻrinbosari – moliya vaziri

Makroiqtisodiy tahlil, tarkibiy oʻzgartirishlar, moliya-bank tizimi va хususiy tadbirkorlik masalalari kotibiyati

Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 19 fevraldagi 144-son qarori

Bosh vazirning ijtimoiy rivojlantirish masalalari boʻyicha oʻrinbosari

Ijtimoiy rivojlantirish masalalari kotibiyati

Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 22 fevraldagi 157-son qarori

Bosh vazirning yoqilgʻi-energetika sohasi va sanoatning bazaviy tarmoqlarini rivojlantirish masalalari boʻyicha maslahatchisi

Yoqilgʻi-energetika sohasi va sanoatning bazaviy tarmoqlarini rivojlantirish masalalari kotibiyati

Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 23 fevraldagi 162-son qarori

Bosh vazirning oʻrinbosari – Oʻzbekiston Xotin-qizlar qoʻmitasi raisi

Xotin-qizlar va oilani qoʻllab-quvvatlash, FHDYo organlari bilan ishlash masalalari kotibiyati

Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 27 fevraldagi 174-son qarori

Bosh vazirning agrar va oziq-ovqat sohalarini rivojlantirish masalalari boʻyicha maslahatchisi

Agrar va oziq-ovqat sohalarini rivojlantirish masalalari kotibiyati

Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 27 fevraldagi 177-son qarori

Bosh vazirning investitsiyalar va tashqi iqtisodiy aloqalar masalalari boʻyicha oʻrinbosari

Investitsiyalar va tashqi iqtisodiy aloqalar masalalari kotibiyati

Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 28 fevraldagi 179-son qarori

Bosh vazirning birinchi oʻrinbosari – transport vaziri

Hududlarni kompleks rivojlantirish, kommunikatsiyalar va mudofaa sanoati masalalari kotibiyati

Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 28 fevraldagi 180-son qarori

 

Lavozimlar yuzasidan hujjatlarda faoliyatning asosiy yoʻnalishlari, vazifalar va funksional majburiyatlar, huquqlar va javobgarlik, faoliyatni tashkil etish ochib berilgan. Kotibiyatlar yuzasidan – ularning vazifalari va funksiyalari, faoliyat yoʻnalishlari, huquqlar va javobgarlik, tuzilmalar va tashkiliy jihatlar ochib berilgan.

 

Hujjatlar Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va kuchga kirgan.

 

Oleg Zamanov.