Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Bosh vazirning moliyaviy masalalar boʻyicha oʻrinbosarining vazifalari belgilandi

15.07.2021

Rus tilida oʻqish

Vazirlar Mahkamasining 7.07.2021 yildagi 425-son qarori qabul qilindi, ushbu qaror bilan Prezidentning 10.06.2021 yildagi «Vazirlar Mahkamasi faoliyatini takomillashtirishga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida»gi PQ-5143-son qaroriga muvofiq quyidagilar tasdiqlandi:

 

  • Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining moliya-iqtisodiyot va kambagʻallikni qisqartirish masalalari boʻyicha oʻrinbosari - Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirining funksional vazifalari toʻgʻrisidagi nizom;
  • Makroiqtisodiy tahlil, tarkibiy oʻzgartirishlar, moliya-bank tizimi, davlat aktivlarini boshqarish, raqobatni rivojlantirish, tadbirkorlikni qoʻllab-quvvatlash va kambagʻallikni qisqartirish masalalari kotibiyati toʻgʻrisidagi nizom.

 

Bosh vazir oʻrinbosari Prezidentga, Oliy Majlis palatalariga va Bosh vazirga hisobot beradi. Bosh vazir oʻrinbosari maqomiga koʻra Hukumatning a’zosi hisoblanadi va Vazirlar Mahkamasi Rayosati tarkibiga kiritiladi hamda ularning majlislarida bevosita ishtirok etadi.

 

Bosh vazir oʻrinbosariga viloyatlar va Toshkent shahri hokimlarining moliya-iqtisodiyot va kambagʻallikni qisqartirish masalalari boʻyicha birinchi oʻrinbosarlari boʻysunadi.

 

Nizomda (1) Bosh vazir oʻrinbosarining asosiy faoliyat yoʻnalishlari, vazifalari va funksional majburiyatlari belgilangan. Shuningdek Bosh vazir oʻrinbosarining huquqlari va javobgarligi, faoliyatini tashkil etish tartibi belgilangan.

 

Makroiqtisodiy tahlil, tarkibiy oʻzgartirishlar, moliya-bank tizimi, davlat aktivlarini boshqarish, raqobatni rivojlantirish, tadbirkorlikni qoʻllab-quvvatlash va kambagʻallikni qisqartirish masalalari kotibiyati Vazirlar Mahkamasining tarkibiy boʻlinmasi hisoblanadi. Kotibiyat oʻz faoliyatini Bosh vazir rahbarligida amalga oshiradi.

 

Nizomda (2) quyidagilar nazarda tutilgan:

  • Kotibiyatning asosiy faoliyat yoʻnalishlari, vazifalari va funksiyalari;
  • Kotibiyatning huquqlari va javobgarligi;
  • Kotibiyatning tuzilmasi va faoliyatini tashkil etish tartibi.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 8.07.2021 yildan kuchga kirdi.

 

Lola Abduazimova.