Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Yetkazib beruvchi oldida qarz yoʻq, lekin inkasso qoʻyildi: kompaniya undiruvni toʻxtatishga qanday muvaffaq boʻldi Bojxona QQSini mamlakat ichkarisida ortiqcha toʻlov hisobiga kim kamaytira oladi Foizsiz qarz shartnomasi: qanday qilib xatolarsiz rasmiylashtirish mumkin Foizsiz qarz shartnomasi: qanday qilib xatolarsiz rasmiylashtirish mumkin

Botanika va zoologiya institutlari ajratildi

18.09.2017

 

Prezidentning 4.09.2017 yildagi PQ–3256-son «Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Botanika instituti va Zoologiya instituti faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida»gi qarori e’lon qilindi.

 

Fanlar akademiyasining Botanika va zoologiya instituti negizida ikkita mustaqil ilmiy muassasa tashkil etildi: Fanlar akademiyasining Botanika instituti va Fanlar akademiyasining Zoologiya instituti. Qaror bilan ularning tuzilmalari, asosiy vazifalari va faoliyatining yoʻnalishlari tasdiqlandi (quyidagi jadvalga qarang).

 

 

Asosiy vazifalari va faoliyatining yoʻnalishlari

 

 

Fanlar akademiyasining Botanika instituti

 

Fanlar akademiyasining Zoologiya instituti

respublika florasini kompleks oʻrganish, oʻsimlik resurslarini aniqlash va ulardan oqilona foydalanish, alohida ahamiyatga ega boʻlgan botanik hududlarni aniqlash, oʻsimlik dunyosining kamyob va endem turlarini saqlab qolishning ilmiy asoslarini ishlab chiqish 

 

respublika faunasini kompleks oʻrganish, hayvonot dunyosi ob’yektlarining zamonaviy holatini baholash va ulardan oqilona foydalanish boʻyicha ilmiy-amaliy tavsiyalar ishlab chiqish

respublika florasining milliy axborot-tahliliy ma’lumotlar bazasini ishlab chiqish va yuritish, yovvoyi oʻsimliklarning kamyob va yoʻqolish xavfi ostida boʻlgan turlari boʻyicha davlat kadastri, Oʻzbekiston Respublikasi Qizil kitobi va oʻsimlik dunyosi monitoringini yuritish 

 

alohida ahamiyatga ega boʻlgan zoologik hududlarni aniqlash, hayvonot dunyosining kamyob va endem turlarini saqlashning ilmiy asoslarini ishlab chiqish

istiqbolli va iqtisodiy ahamiyatiga ega boʻlgan oʻsimlik turlarini introduksiyalashtirish va iqlimlashtirishning nazariy asoslarini ishlab chiqish, kamyob oʻsimliklarning genetik ma’lumotlar bankini yaratish

respublika faunasining milliy axborot-tahliliy ma’lumotlar bazasini ishlab chiqish va yuritish, yovvoyi hayvonlarning kamyob va yoʻqolib ketish xavfi ostida turgan turlari boʻyicha davlat kadastri, Oʻzbekiston Respublikasi Qizil kitobi va hayvonot dunyosi monitoringini yuritish 

 

choʻllanish jarayonida oʻsimlik qoplami evolyutsiyasi va iqlim dinamikasini oʻrganish hamda amaliy tavsiyalar ishlab chiqish

zararkunandalar, parazitlar va inshootlar biozararkunandalari sonini nazorat qilishning innovatsion texnologiyalarini ishlab chiqish 

 

suv ekotizimlari va gidrobiontlar ekologiyasini oʻrganish, respublikada baliq resurslari genofondini baholash va monitoring qilish

 

 

Bundan tashqari, Fanlar akademiyasi Genetika va oʻsimliklar eksperimental biologiyasi institutining  «Gʻoʻza sistematikasi va introduksiyasi» laboratoriyasi, «Gʻoʻza genofondi» noyob ob’yekti va issiqxona kompleksi Botanika instituti tasarrufiga oʻtkazilmoqda.

 

Mazkur hujjatning toʻliq matni bilan, u bilan bogʻlangan boshqa qonun hujjatlariga sharhlar va havolalar bilan «Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligi» axborot-qidiruv tizimida tanishish mumkin.   




 Oleg Zamanov, 

 ekspertimiz.