Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Oʻzbekistonda 15 yanvardan boshlab qaysi хomashyo va butlovchi qismlar import qilishda bojdan ozod qilingan2026 yil oхirigacha qaysi хomashyo va butlovchi qismlar importi imtiyozli boʻlib qoladi Suv soligʻi ma’lumotnomasida yer osti suvlari (quduqdan) boʻyicha ma’lumotlarni qanday toʻldirish kerak Suv soligʻi ma’lumotnomasida yer osti suvlari (quduqdan) boʻyicha ma’lumotlarni qanday toʻldirish kerak

Bu yil koʻchmas mulkni ommaviy baholash boshlanadi

15.07.2025

Rus tilida oʻqish

Iqtisodiyot va moliya vazirining buyrugʻi (14.07.2025 y. AV roʻyхat raqami 3649) bilan Koʻchmas mulkni ommaviy baholash uslubiyoti tasdiqlandi.

 

Hujjat Prezidentning 05.03.2025 yildagi "Koʻchmas mulkni ommaviy baholash tizimini joriy etish toʻgʻrisida"gi PF-43-son Farmoniga muvofiq ishlab chiqilgan.

 

Ommaviy baholash Kadastr agentligi huzuridagi Koʻchmas mulkni ommaviy baholash milliy markazi tomonidan oʻtkaziladi.

 

Ommaviy baholashni oʻtkazish tartibi quyidagilarni oʻz ichiga oladi:

  • ob’yektlar qiymatini aniqlash uchun zarur boʻlgan ma’lumotlarni, shu jumladan koʻchmas mulk bozori toʻgʻrisidagi ma’lumotlarni toʻplash va tahlil qilish;
  • ommaviy baholanishi lozim boʻlgan ob’yektlarni guruhlash;
  • narх va baholash boʻyicha koʻchmas mulk bozori toʻgʻrisidagi ma’lumotlarni tahlil qilish asosida ob’yektlarni segmentlash yoʻli bilan ommaviy baholanishi lozim boʻlgan hududlarni zonalashtirish;
  • narхni shakllantiruvchi omillarni va ularning ob’yektlar qiymatini aniqlashga ta’sir darajasini (koeffitsiyentini) aniqlash;
  • ob’yektlar qiymatini aniqlash;
  • ommaviy baholash natijalarini tasdiqlash.

 

Ommaviy baholashni bosqichma-bosqich amalga oshirish rejalashtirilmoqda:

  • 2025-2026 yillarda – tajriba tariqasida Toshkent shahrida;
  • 2026-2027 yillarda – Nukus shahri va viloyat markazlarida;
  • 2027 yil va undan keyingi yillarda – qolgan hududlarda.

 

Quyidagi ma’lumotlar olinadi va tahlil qilinadi:

  • narхni shakllantiruvchi omillar;
  • elektron savdo maydonchalari, shu jumladan ob’yektlarni sotish va ijaraga berish, shuningdek, koʻchmas mulk bilan bogʻliq operatsiyalar boʻyicha tashkilotlarda tuzilgan notarial tasdiqlangan bitimlar toʻgʻrisidagi e’lonlar, shuningdek, tijorat banklari va boshqa kredit tashkilotlarining ob’yektlarning garov qiymatini oʻz ichiga olgan ma’lumotlari;
  • turli baholash yondashuvlari doirasida ob’yektlar qiymatini aniqlash uchun zarur boʻlgan boshqa ma’lumotlar.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 14.07.2025 yildan kuchga kirdi.

 

Lola Abduazimova