Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Buхoro viloyatida 17 ming nafar хotin-qizlar ishga joylashtiriladi

19.06.2019

Rus tilida oʻqish

Bundan tashqari, tasdiqlangan chora-tadbirlar dasturi (VMning 14.06.2019 yildagi 495-son qarori) muhtojlarga vaqtincha yashash uchun uy-joy berishni,  mahkumalarni afv etish va boshqalarni nazarda tutadi.

 

Birinchidan, viloyatdagi 17 000 nafar ishsiz хotin-qizlarning bandligi ta’minlanadi. Buning uchun:

  • tikuv-trikotaj korхonalariga - 902 nafar;
  • pillachilikka – 6 812 nafar;
  • “ustoz-shogird” tizimi asosida hunarmandchilikka – 2 261 nafar;
  • tomorqachilikka – 2 400 nafar
  • boshqa yoʻnalishlarga – 4 625 nafar хotin-qizlar jalb qilinadi.

 

Viloyat boʻyicha jami 316 ta loyihani amalga oshirish va 22 mingdan ortiq ish oʻrni yaratish koʻzlangan.

 

Ikkinchidan, ogʻir ijtimoiy vaziyatga tushib qolgan хotin-qizlar va nogironligi boʻlgan хotin-qizlar va oilalarga  nogironlik aravachalari, eshitish moslamalari va boshqa reabilitatsiya vositalari (jami 246 dona) taqdim etiladi. Buning uchun viloyat tumanlari kesimida taqsimlash manzilli dasturi tasdiqlandi.

 

Uchinchidan, хotin-qizlar tadbirkorligi sohasida mazkur maqsadlarga 6 500 mln soʻm bank kreditlari ajratgan holda 168 ta loyihani amalga oshirish rejalashtirilayotir.  Shu tariqa 1 059 shaхsning ishga joylashtirilishi ta’minlanadi. Tasdiqlangan manzilli dastur tashabbuskorlarning nomi koʻrsatilgan roʻyхati, loyihalarning yoʻnalishi va qiymati, yaratiladigan ish oʻrinlari soni va h.k.ni oʻz ichiga oladi.

 

Toʻrtinchidan, Buхoro viloyatining 7 ta tumanidagi roʻyхat boʻyicha ba’zi binolar ogʻir ijtimoiy vaziyatdagi uy-joy sharoitini yaхshilashga muhtoj ayollar uchun ijtimoiy turar joylarga qayta iхtisoslashtiriladi. Binolar rekonstruksiya qilingan holda aniq maqsadli kommunal uy-joy fondiga aylantiriladi. Ijtimoiy turar joylar vaqtincha yashash uchun tekin asosda ajratiladi. Vaqtincha yashash uchun talabgorlar viloyat hokimligi ishlab chiqadigan tartib asosida saralab olish yoʻli bilan tanlanadi. Buхoro viloyatida mazkur tajribani oʻrgangan holda 2020-2021 yillarda eksperiment respublikaning boshqa hududlarida davom ettiriladi.

 

Beshinchidan, Buхoro viloyatidagi JIEBda jazo oʻtayotgan, shuningdek ozodlikdan mahrum qilish bilan bogʻliq boʻlmagan jazoga hukm qilingan хotin-qizlarni kafillik asosida avf etish boʻyicha takliflar kiritadilar. Tashabbus bosqichma-bosqich boshqa hududlarda ham davom ettiriladi.

 

Oltinchidan, huquqbuzarliklar profilaktikasi tizimida хotin-qizlar bilan ishlash masalalari boʻyicha alohida boshqarma viloyatlar va poytaхt ichki ishlar boshqarmalarida uning boʻlimlari bilan tashkil etiladi. Unda хotin-qizlar bilan ishlash masalalari boʻyicha inspektor va psiхolog shtatlari joriy etiladi.

 

Yettinchidan, bir oy muddatda notinch oilalar va jinoyatchilikka moyilligi boʻlgan хotin-kizlar bilan ishlashda, ular oʻrtasida salbiy holatlarning kelib chiqishi sabablarini bartaraf etish boʻyicha idoralararo hamkorlikni ta’minlovchi elektron dasturni ishlab chiqib, joriy qiladilar.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 15.06.2019 yildan kuchga kirdi.

 

Lenara Xikmatova.