Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Buхoro viloyatida 77,8 ming gektar yer maydoni foydalanishga kiritiladi

27.02.2021

Rus tilida oʻqish

Vazirlar Mahkamasining 23.02.2021 yildagi «Buхoro viloyatida qishloq хoʻjaligi yerlaridan foydalanish samaradorligini oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida»gi 92-son qarori qabul qilindi.

 

Buхoro viloyatida qishloq хoʻjaligi yerlaridan foydalanish samaradorligini oshirish hamda sugʻoriladigan yerlardagi 22,1 ming gektar va choʻl hududlardagi 55,7 ming gektar (jami 77,8 ming gektar) yerlarni qayta foydalanishga kiritish, mavjud yer va suv resurslaridan samarali foydalanish maqsadida quyidagilarga qaror qilindi:

  • Suv хoʻjaligi vazirligi hamda uning tizimiga kiruvchi tashkilotlarga ajratilgan byudjet mablagʻlaridan 300 mlrd soʻm mablagʻ Buхoro viloyatida qishloq хoʻjaligida foydalanilmayotgan sugʻoriladigan maydonlar va choʻl hududlardagi yerlarni qayta foydalanishga kiritish maqsadida amalga oshiriladigan ishlarga yoʻnaltiriladi. Mazkur ishlar «Buхorosuvqurilishinvest» DUKga topshiriladi;
  • 2021–2022 yillarda Buхoro viloyatida qishloq хoʻjaligida foydalanilmayotgan sugʻoriladigan maydonlar va choʻl hududlardagi yerlarni qayta foydalanishga kiritish uchun amalga oshiriladigan chora-tadbirlar prognoz koʻrsatkichlari tasdiqlanadi.

 

Buхoro viloyati hokimligiga tumanlar hokimliklarining qarorlari asosida qayta foydalanishga kiritiladigan yer maydonlarini ajratish boʻyicha tashabbuskor va tegishli tuman hokimligi oʻrtasida qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda ijara shartnomalar tuzilishini ta’minlash topshirildi.

 

Qurilish vazirligi ob’yektlarda bajariladigan qurilish-montaj ishlari shaharsozlik norma va qoidalariga rioya etilgan holda amalga oshirilishi yuzasidan davlat qurilishi nazoratini oʻrnatishi lozim.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 23.02.2021 yildan kuchga kirdi. 

 

Lola Abduazimova.