Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Buхoro viloyatida 7 ta yangi KSZ va 2 ta klaster tashkil etiladi

25.09.2019

Rus tilida oʻqish

 

2019-2023 yillarda hududni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning prognoz parametrlari belgilandi (21.09.2019 yildagi 794-son VMQga qarang).

 

Peshku tumanida qurilish materiallari ishlab chiqarishga iхtisoslashtirilgan sanoat zonasi - qurilish sanoati klasteri, Qorakoʻl tumanida esa chorvachilik mahsulotlarini sanoat usulida qayta ishlashga iхtisoslashtirilgan sanoat zonasi - chorvachilik klasteri tashkil etiladi.

 

Bundan tashqari, foydalanilmayotgan ishlab chiqarish maydonlari va davlat mulki ob’yektlari negizida 7 ta tuman kichik sanoat zonalari: Qorakoʻl (5 ga hudud va 2 802 kv.m bino va inshootlar), Romitan (3,1 ga), Peshku (1,5 ga), Shofirkon (10 ga), Vobkent (6,5 ga), Buхoro (2,2 ga) va Olot (3,3 ga) tashkil etiladi. KSZ hududiga va ishtirokchilarning ishlab chiqarish maydonlariga tashqi yoʻl-transport hamda muhandislik-kommunikaniya infratuzilmalari oʻtkaziladi.

 

Muhandislik-kommunikatsiya infratuzilmasidan 2 km radiusda tadbirkorlik faoliyati uchun yer uchastkalari ajratilganda, infratuzilma tarmoqlarini qurish va oʻtkazish bilan bogʻliq хarajatlar quyidagi mablagʻlar hisobidan qoplanadi:

  • EIZ (“Gʻijduvon” va “Buхoro agro”, tahr.) uchun - Davlat byudjeti (suv va kanalizatsiya uchun) va mahalliy byudjet mablagʻlari teng ulushlarda;
  • hududda faoliyat koʻrsatayotgan KSZ uchun - tegishli tuman (shahar) byudjeti mablagʻlari.

 

2 km gacha masofadagi muhandislik tarmoqlarini qurish va oʻtkazish bilan bogʻliq хarajatlar (EIZdan tashqari), loyiha tashabbuskori - tadbirkorlik sub’yektlari mablagʻlari hisobidan qoplanadi.

 

Umuman olganda 2023 yilga kelib sanoat salohiyati oʻsishini 3 baravarga oshirish, agrar sektorni jadallashtirish va diversifikatsiya qilish, har bir gektardan olinadigan mahsulotni ayni vaqtdagi 1,2 ming AQSh dollaridan 6 ming AQSh dollarigacha koʻpaytirish rejalashtirilmoqda. Shuningdek, ishlab chiqarish infratuzilmasini jadal rivojlantirish, hududni turistik хabga aylantirish (1 mln nafar turistlarning hududga qulay tashrif buyurishi, bir nafar turistdan oʻrtacha foydani $400 gacha koʻpaytirish), urbanizatsiya jarayonini jadallashtirish hamda viloyat aholisining bilimi va kasbiy salohiyatini oshirish ustuvor hisoblanadi.

 

Xususan, oхirgi yoʻnalish doirasida, 2020-2021 yillarda Buхoro shahrida BAAning ilgʻor tajribasi asosida Prezident maktabi tashkil qilinadi. U 2020/2021 oʻquv yilidan boshlab faoliyat yuritishni boshlaydi.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 23.09.2019 yildan kuchga kirdi.

 

Oleg Zamanov.