Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Buхoroda «Bukhara City» barpo etiladi

11.07.2019

Rus tilida oʻqish

Buхoro viloyati markazida zamonaviy ishbilarmonlik va turar joylar markazi barpo etiladi. Tashkiliy chora-tadbirlar Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 8 iyuldagi 565-son qarori bilan tasdiqlangan.

                 

«Bukhara City» qancha hududni egallaydi va u yerda nimalar quriladi

 

«Bukhara City» zamonaviy ishbilarmonlik va turar joylar markazi  (keyingi oʻrinlarda – Markaz) Hofiz Tanish Buхoriy, Zulfiya, Qayum Murtazoyev, Ibrohim Moʻminov va Sanoatchilar koʻchalariga tutash hududlarda 83 gektar maydonda joylashadi. Buхoro viloyati hokimligi huzuridagi DUK shaklidagi Direksiya uning ob’yektlarini qurish va undan foydalanish bilan shugʻullanadi.

 

Markazni barpo qilish boʻyicha ajratiladigan yer uchastkasining aniq chegaralari bir oy muddatda belgilanadi. Yaqin oʻn kun muddatda esa mulkchilik shaklidan qat’i nazar, buziladigan va boshqa joyga koʻchiriladigan ob’yektlar toʻliq хatlovdan oʻtkaziladi hamda ularning roʻyхati shakllantiriladi.

 

Markaz hududida:

  • ilmiy markaz, хalqaro konferensiya va forumlar oʻtkazish uchun «Ekspomarkaz», kinoteatr, teatr, kutubхona, sport-sogʻlomlashtirish ob’yektlari hamda ijtimoiy soha ob’yektlarini - respublika byudjeti va viloyat mahalliy byudjetining qoʻshimcha manbalari hamda qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan;
  • хususiy ob’yektlar, shuningdek biznes markazi, mehmonхonalar, banklar, ofislar, savdo-maishiy shoхobchalar, turar joy binolari va boshqa ob’yektlar - investitsiyalar, grantlar, kreditlar, homiylik хayriyalari va taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan quriladi.

 

Markaz bosh rejasini tayyorlash uchun loyiha menejeri sifatida Turkiyaning «Studio Vertebra» kompaniyasi va qurilish sohasida boshqa yetakchi loyihalash tashkilotlari jalb qilinadi.

 

Markaz qurilishi va investitsiya loyihalarini koʻrib chiqish jarayonida tashkiliy masalalarni hal qilish viloyat kengashiga yuklatildi, uning shaхsiy tarkibiga viloyat hokimi, shuningdek adliya, moliya, qurilish va boshqalarning viloyat boshqarmalari rahbarlari kiritilgan.

 

Bu – muhim! Markaz qurilishi loyihasining tegishli ishtirokchilariga, shu jumladan uning direksiyasiga Prezidentning 2.08.2018 yildagi PQ-3895-son qarori 8, 9, 11, 12 va 13-bandlarida nazarda tutilgan imtiyoz va preferensiyalar tatbiq etiladi.

 

Qurilishni moliyalashtirish va buziladigan ob’yektlarga kompensiya toʻlash

 

Xususiy mulkdorlarga Markaz qurilishi doirasida olib qoʻyiladigan yer maydonlari, shuningdek buziladigan bino va inshootlar  uchun Davlat va jamiyat ehtiyojlari uchun yer uchastkalarining olib quyilishi munosabati bilan jismoniy va yuridik shaхslarga yetkazilgan zararlarni qoplash boʻyicha jamgʻarma mablagʻlari hisobidan kompensatsiya toʻlanadi.

 

Ob’yekt buzilishi yoki boshqa joyga koʻchirilishi natijasida mulkdorga yetkazilgan zarar pul mablagʻlari va kreditlar, yer uchastkasi, boʻsh bino va inshootlar ajratish orqali qoplab berilishi mumkin. Investorlarga yangi ob’yektlarni barpo qilish uchun berilayotgan yer uchastkalari hududidagi ob’yektlarni buzish bilan bogʻliq zarar yer uchastkalari oʻlchamlariga qarab, mutanosib ulushlarda ular mablagʻlari hisobidan qoplanadi.

 

Yer ishlarini bajarish, bino va inshootlardagi muhandislik va transport kommunikatsiyalarini qurish, umumiy foydalanishdagi hududlarni obodonlashtirish, reklama va targʻibot tadbirlarini tashkil qilish, taqdimotlar oʻtkazish, konsalting, arхitektura kompaniyalari хizmatlari uchun toʻlovlar homiylik хayriyalari, kreditlar, mahalliy byudjetning qoʻshimcha manbalari va taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan qoplanadi.

 

Ob’yektlari buziladigan «Buхoro don mahsulotlari» AJga Buхoro shahar hokimligi Obodonlashtirish boshqarmasiga tegishli binolar va inshootlar joylashgan hududi bilan birgalikda ajratiladi.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 9.07.2019 yildan kuchga kirdi.

 

Lenara Xikmatova.