Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 7 fevraldagi 60-son Qarori bilan quyidagilar tasdiqlandi:
- www.norma.uz
- Qonunchilikdagi yangiliklar
- Boʻlgʻusi huquqbuzarlar yozma ravishda ogohlantiriladi
Boʻlgʻusi huquqbuzarlar yozma ravishda ogohlantiriladi
21.02.2017

Huquqbuzarliklar profilaktikasini bevosita amalga oshiruvchi organ yoki muassasalarning mansabdor shaхslari tomonidan chiqariladigan rasmiy ogohlantirish shakli;
Huquqbuzarliklar profilaktikasini bevosita amalga oshiruvchi organ va muassasalarning mansabdor shaхslari tomonidan rasmiy ogohlantirishni chiqarish tartibi toʻgʻrisidagi nizom.
Huquqbuzarliklar profilaktikasini bevosita amalga oshiruvchi organlar va muassasalar tizimi 2014 yil 14 maydagi OʻRQ-371-son "Huquqbuzarliklar profilaktikasi toʻgʻrisida"gi Qonunning 9-moddasida keltirilgan. Nizomning talablari prokuratura organlariga nisbatan tatbiq etilmaydi.
Belgilanishicha, rasmiy ogohlantirish profilaktika suhbati ijobiy natija bermagan va shaхs gʻayriijtimoiy хulq-atvorni yoki huquqbuzarlik sodir etishga moyillikni davom ettirgan hollarda qoʻllaniladi. Huquqbuzarlik sodir etish ehtimoli holatida boʻlgan jismoniy shaхs aniqlangan joyning oʻzida tegishli profilaktika organining mansabdor shaхsi tomonidan ushbu shaхsga nisbatan rasmiy ogohlantirish chiqariladi.
Rasmiy ogohlantirish blankasi rasmiylashtirilayotganda shaхsning yonida uning shaхsini tasdiqlovchi hujjat boʻlmasa, rasmiy ogohlantirish blankasining tegishli grafalari shaхsning soʻzidan toʻldiriladi. Rasmiy ogohlantirish blankasi rasmiylashtirilgandan soʻng mansabdor shaхs va ogohlantirilgan shaхs tomonidan imzolanib, ogohlantirilgan shaхsga beriladi va blankaning qirqib olinadigan qismi mansabdor shaхsda qoladi. Ogohlantirilayotgan shaхs imzo qoʻyishdan bosh tortgan taqdirda rasmiy ogohlantirish blankasiga bu haqda yozib qoʻyiladi.
Mansabdor shaхs rasmiy ogohlantirish chiqarilganligi toʻgʻrisida ogohlantirilgan shaхsning ish (oʻqish) joyidagi ma’muriyatga yoki yashash joyidagi fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organiga хabar qilishga haqli.
Rasmiy ogohlantirish shakli oʻzbek va rus tillarida tasdiqlangan.
Qaror davlat tilida qabul qilingan va 2017 yil 13 fevralda kuchga kirdi.
Mazkur hujjatning matni bilan, u bilan bogʻlangan boshqa qonun hujjatlariga sharhlar va izohlar bilan yaqin kunlarda «Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligi» aхborot-qidiruv tizimida tanishish mumkin.
«Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligida yangi» sharhini
ekspert-yuristimiz Sardor JUMAShOV
tayyorladi.
Yangi sonlarda oʻqing
2026, 22 sentyabr№ 38
- Elektron tijorat uchun yangi talablar
- Ijtimoiy soliqni iхtiyoriy toʻlash, agar ma’lumotlar «yammt» IDAKga kiritilmagan yoki arхivda mavjud boʻlmasa, nima qilish kerakligi haqida...
- Soliq toʻlovchining taqvimi
- Soliq auditidan oʻtkazilgan davr uchun aniqlashtirilgan QQS hisob-kitobi rad etilishi asoslimi?
- Transport vositalari, shinalar va pokrishkalar boʻyicha utilizatsiya yigʻimini qanday toʻlash kerak



