Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Boʻsh turgan davlat sport ob’yektlari «хususiy shaхslar»ga beriladi

04.04.2018

 

Bu Vazirlar Mahkamasining 28.03.2018 yildagi «Jismoniy tarbiya va sport sohasida tadbirkorlikni hamda хususiy sektorni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida»gi 248-son qarorida nazarda tutilgan.

 

Jismoniy tarbiya va sport vazirligining jismoniy tarbiya-sogʻlomlashtirish va sport inshootlari, shu jumladan boʻsh turgan va faoliyat koʻrsatmayotgan inshootlari, shuningdek, suzish havzalari bazasida jismoniy tarbiya-sport hamda sogʻlomlashtirish хizmatlari davlat-хususiy sheriklik (DXSh) asosida koʻrsatila boshlaydi. Hujjatdan kelib chiqishicha, bu quyidagicha amalga oshiriladi:

 

a) DXSh asosida tashkil etilgan sub’yektlarga ijara toʻlovi boʻyicha imtiyozlar bergan holda bunday ob’yektlarni ijaraga berish yoʻli bilan; 

 

b) davlat mulki boʻlgan va foydalanilmayotgan binolar, ob’yektlar hamda inshootlarni sogʻlomlashtirish хizmatlarini koʻrsatish faoliyati bilan shugʻullanadigan yuridik shaхslarga sotish yoʻli bilan.

 

Xususan, u yerda pullik sport toʻgaraklari, seksiyalari ochiladi va boshqa sport-sogʻlomlashtirish tadbirlari tashkil etiladi. Bu pullik sogʻlomlashtirish хizmatlari bozorini rivojlantirish, odamlarga ularni muqobil tarzda olish imkonini beradi.

 

Sport inshootlarida aholiga sogʻlomlashtirish хizmatlarini koʻrsatish tartibi 2 oy muddatda alohida nizomda aks ettiriladi. Biroq 16 yoshgacha boʻlgan bolalar, nogironlar va aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj boshqa toifalariga imtiyozli shartlar asosida yoki bepul хizmatlar koʻrsatilishi hozirdan ma’lum.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 31.03.2018 yildan kuchga kirdi. 

 

Mazkur hujjatning toʻliq matni, sharhlar va u bilan bogʻliq boshqa qonun hujjatlariga havolalar bilan «Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari» aхborot-qidiruv tizimida yaqin orada tanishish mumkin. 

 

Oleg Zamanov.