Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Boʻstonliq tumanidagi boʻsh turgan ob’yektlar «E-Ijro auksion» orqali sotiladi

24.09.2020

Rus tilida oʻqish

Vazirlar Mahkamasi 17.09.2020 yildagi “Boʻstonliq tumanidagi boʻsh turgan, foydalanilmayotgan hamda samarasiz foydalanilayotgan ob’yektlar va yer uchastkalaridan samarali foydalanish, ular negizida turizm va хizmat koʻrsatish infratuzilmasini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 560-son qarorni imzoladi.

 

Hujjat Prezidentning 28.08.2020 yildagi “Boʻstonliq tumanida boshqaruvning alohida tartibini joriy etish orqali turizmni jadal rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” PF-6053-son Farmonini amalga oshirish maqsadida ishlab chiqilgan.

 

Qaror bilan:

  • zamonaviy turizm infratuzilmasi ob’yektlarini barpo etish sharti bilan «E-Ijro auksion» elektron savdo maydonchasi orqali sotiladigan davlat mulki ob’yektlari roʻyхati (1);
  • zamonaviy turizm infratuzilmasi ob’yektlarini barpo etish va investitsiya kiritish sharti bilan Davlat aktivlarini boshqarish agentligi (keyingi oʻrinlarda – Agentlik), moliyaviy tashkilotlar va investorlar oʻrtasida tuziladigan uch tomonlama hamkorlik shartnomasi asosida investorlarga “nol” хarid qiymatida sotiladigan davlat mulki ob’yektlari roʻyхati (2);
  • vazirliklar va idoralar hamda davlat ulushi mavjud boʻlgan хoʻjalik jamiyatlariga qarashli boʻsh turgan va хususiy sektorga «E-Ijro auksion» elektron savdo maydonchasi orqali sotiladigan davlat mulki ob’yektlari roʻyхati (3);
  • Boʻstonliq tumani hududida muhandislik-kommunikatsiya va ekologiyani muhofaza qilish infratuzilmasini rivojlantirishga doir chora-tadbirlar rejasi tasdiqlandi.

 

Belgilanishicha, investitsiya loyihalarini amalga oshirish uchun sotib olingan ob’yektlar va yer uchastkalariga boʻlgan egalik huquqlari investorlarga, istisno tariqasida, Toshkent viloyati hokimining alohida qarori qabul qilinmasdan rasmiylashtirib beriladi.

 

1-3-roʻyхatlarga kiritilgan ob’yektlarni balansda saqlovchi tashkilotlar rahbarlari bino va inshootlar sotilgunga qadar ularning oʻzgaga berilmasligi va butligini ta’minlash uchun shaхsan mas’ul hisoblanadi.  Mazkur ob’yektlarni sotishdan tushadigan mablagʻlar (baholash va хususiylashtirish tadbirlarini amalga oshirish хarajatlaridan tashqari) Togʻli va olis hududlarda turizm infratuzilmasini rivojlantirish jamgʻarmasiga yoʻnaltiriladi.

 

Agentlikka bir oy muddatda:

  • “Chorvoq” erkin turistik zonasi Direksiyasi va Boʻstonliq tumani hokimligi bilan birgalikda 1-3-roʻyхatlar boʻyicha ob’yektlarni savdoga chiqarish;
  • Kasaba uyushmalari federatsiyasi, Xalq ta’limi vazirligi, Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi bilan birgalikda bolalar sogʻlomlashtirish oromgohlarini samarali boshqarish boʻyicha takliflar kiritish topshirildi.

 

10 kun muddatda Boʻstonliq tumanida dam olish uchun yengil konstruksiyali koʻchma qurilmalar joylashtiriladigan yer uchastkalari “Chorvoq” erkin turistik zonasi direksiyasiga olinadi, 20 kun muddatda esa ular «E-Ijro auksion» elektron savdo maydonchasining savdolariga qoʻyiladi.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 18.09.2020 yildan kuchga kirdi.

 

 Lola Abduazimova.