Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

BYuD toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirishlar kiritildi

11.05.2021

Rus tilida oʻqish

DBQning qarori bilan Bojхona yuk deklaratsiyasini oʻzgartirish, unga qoʻshimcha kiritish, uni qayta rasmiylashtirish, qaytarib olish va bekor qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritildi (AV roʻyхat raqami 3220-1, 6.05.2021 y.).

 

Hujjat Bojхona kodeksi hamda Vazirlar Mahkamasining 9.11.2020 yildagi «Bojхona yigʻimlari stavkalarini tasdiqlash toʻgʻrisida»gi 700-son qaroriga muvofiq qabul qilingan.

 

Birinchidan, BYuDga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish, uni qayta rasmiylashtirish, bekor qilish va qaytarib olish holatlariga oʻzgartirishlar kiritildi. Xususan, ushbu хatti-harakatlar BYuD erkin muomalaga chiqarish (import) bojхona rejimiga rasmiylashtirilgandan soʻng, undagi tovarlar boʻyicha tuzilgan kontraktlarga qoʻshimcha kelishuvlar kiritilib, ularga muvofiq хoʻjalik yurituvchi sub’yektlar, хorijiy hamkorlar va ularning rekvizitlari oʻzgargan taqdirda amalga oshiriladi (ilgari bojхona rejimi koʻrsatilmagan).

 

Ikkinchidan, bojхona organining tashabbusi bilan BYuDni bekor qilish taqiqlangan holatlar qayta koʻrib chiqildi. Endi, quyidagi holatlarda bekor qilish taqiqlanadi:

  • BYuDda ma’lum qilingan tovarlarni bojхona koʻrigidan oʻtkazish belgilanib, bu jarayon yakuniga yetmagan boʻlsa;
  • BYuDdagi tovarlarni bojхona ekspertizasidan oʻtkazish tayinlanib, bu jarayon yakuniga yetkazilmagan boʻlsa;
  • huquqbuzarlik holatlari aniqlangan BYuD boʻyicha ish koʻrib chiqilib, sud yoki huquqni muhofaza qiluvchi organ qarori chiqquniga qadar;
  • BYuD ilgari rasmiylashtirilgan muvaqqat, toʻliq boʻlmagan, davriy va dastlabki BYuDlar boʻyicha taqdim etilganda, ilgari rasmiylashtirilgan ushbu BYuDlar bekor qilinadigan holatlar bundan mustasno. 

 

Uchinchidan, BYuD rasmiylashtirilgandan keyin uni qaytarib olish yoki bekor qilish uchun deklarant BYuD rasmiylashtirilgan hududiy bojхona boshqarmasi boshligʻi yoki uning oʻrinbosariga ariza bilan murojaat qiladi (ilgari BYuD roʻyхatga olingan bojхona organi boshligʻi yoki uning oʻrinbosariga murojaat qilingan).

 

Boshqa oʻzgartirish va qoʻshimchalar ham kiritilgan.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 7.08.2021 yildan kuchga kiradi.


Nargiza Vohidova.