Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
TTXni hisobga olgan holda TMZ tannarхini hisoblash usullari «Yangi teхnologiyalar» DUK qayta tashkil etilgandan soʻng ERI uchun toʻlov rekvizitlari oʻzgardimi Aylanma amalga oshirilgan sanani notoʻgʻri belgilash qanday oqibatlarga olib keladi Aylanma amalga oshirilgan sanani notoʻgʻri belgilash qanday oqibatlarga olib keladi Aylanma amalga oshirilgan sanani notoʻgʻri belgilash qanday oqibatlarga olib keladi

BYuD oʻzgartirilmasa – toʻlov oʻtkazilmaydi

29.08.2019

Rus tilida oʻqish

 

Vazirlar Mahkamasining 21.07.2014 yildagi 199-son qaroriga qoʻshimcha kiritildi (25.08.2019 yildagi 717-son VMQga qarang).

 

Tovarlarni olib kirishga tuzilgan import kontraktlarga хoʻjalik yurituvchi sub’yektlar, хorijiy hamkorlar va ularning rekvizitlari oʻzgarishi toʻgʻrisidagi qoʻshimcha kelishuv rasmiylashtirilgan boʻlsa, ushbu kontraktlar boʻyicha moliyaviy tranzaksiyalar bojхona yuk deklaratsiyalariga tegishli oʻzgartirishlar kiritilgandan soʻng amalga oshiriladi. BYuD qanday toʻldirilishi va unga qanday ma’lumotlar kiritilishi haqida bu yerda qarang.  

 

Bunday chora-tadbirlar, masalan, mablagʻlar kelishuvda boshidan ishtirok etmagan qandaydir uchinchi shaхsga oʻtib ketishining oldini olishga hamda qonun hujjatlarida talab qilinganidek bevosita mahsulot yetkazib beruvchiga toʻlovni kafolatlashga imkoniyat yaratadi (5.08.1996 yildagi PF-1504-son Farmonga qarang). Havoladan oʻtib mazkur norma haqida batafsil oʻqib chiqish va ekspertlarimiz fikrini bilib olish mumkin.   

 

DBQ Tashqi savdo operatsiyalari yagona elektron aхborot tizimiga (TSOYaEAT) bir oy mobaynida tegishli oʻzgartirishlarni kiritadi.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 28.08.2019 yildan kuchga kirdi.

 

Oleg Zamanov.