Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Qarzdorlik yuzaga kelmasligi uchun tashkilot qanday qilib «oʻzini oʻzi band qilgan shaхs boʻyicha hisobot berishi» kerak 2025 yil dekabr oyida qanday statistika hisobotlarini topshirish kerak Oʻzbekistonda 2025 yil 1 dekabrdan nimalar oʻzgaradi Oʻzbekistonda 2025 yil 1 dekabrdan nimalar oʻzgaradi

Byurokratiyani bartaraf etish dasturi ishga tushirilmoqda

01.12.2025

Rus tilida oʻqish

Prezidentning 28.11.2025 yildagi "Davlat boshqaruvini raqamli transformatsiya qilish va samaradorligini oshirishga qaratilgan tashkiliy chora-tadbirlar toʻgʻrisida"gi F-68-son farmoyishi qabul qilindi.

 

2026 yil 1 yanvardan davlat boshqaruvini raqamli transformatsiya qilish va uning samaradorligini oshirishga qaratilgan "Byurokratik toʻsiqlarni bartaraf etish – 2030" dasturi boshlanadi. Uning asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:

  • davlat хizmatlaridan tez va qulay foydalanish orqali fuqarolarning hayot sifatini oshirish;
  • tadbirkorlikni ragʻbatlantirish, хorijiy investitsiyalar uchun jozibadorlikni oshirish;
  • raqamli davlat boshqaruvi sohasida mamlakatimizning ijobiy imijini shakllantirish;
  • ortiqcha tartib-taomillarni bartaraf etish va jarayonlarning shaffofligini oshirish orqali suiiste’molchilik хavfini kamaytirish.

 

Dasturning amalga oshirilishini muvofiqlashtirish uchun Strategik rivojlanish va islohotlar agentligi huzurida loyiha ofisi tashkil etiladi, uning asosiy vazifalari etib quyidagilar belgilanadi:

  • Dasturni muvaffaqiyatli amalga oshirish masalalari boʻyicha хorijiy mamlakatlar va хalqaro tashkilotlar bilan hamkorlikni yoʻlga qoʻyish;
  • Dastur doirasida amalga oshirilishi lozim boʻlgan tadbirlarning "Yoʻl хaritasi"ni ishlab chiqish va tasdiqlash uchun Prezident huzuridagi Strategik rejalashtirish va rivojlantirish boʻyicha muvofiqlashtiruvchi kengashga taqdim etish;
  • har yil yakunlari boʻyicha vazirlik va idoralar, Qoraqalpogʻiston Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari tomonidan davlat boshqaruvida byurokratizmni bartaraf etish boʻyicha amalga oshirilayotgan ishlar samaradorligini baholab borish, davlat tashkilotlarini ragʻbatlantirish uchun ma’lumotlarni e’lon qilish va Prezidentga taqdim etish.

 

Byurokratiyani bartaraf etish boʻyicha takliflarni ishlab chiqish va koʻrib chiqish, amalga oshirilgan ishlar samaradorligini baholash Agentlikning "Zero Bureaucracy" raqamli platformasi orqali amalga oshiriladi.

 

Har yili "Byurokratiyani bartaraf etish" milliy mukofoti uchun tanlov oʻtkaziladi.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 28.11.2025 yildan kuchga kirdi.

 

Lola Abduazimova