Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Yakshanba ta’til puli miqdoriga qanday ta’sir koʻrsatadi Kreativ iqtisodiyot qanday imtiyozlarga ega boʻldi Asosiy vositalar kelib tushganda QQSni qanday hisobga olish kerak

Charm-poyabzal sanoati davlat tomonidan qoʻshimcha qoʻllab-quvvatlash choralariga ega boʻladi

03.07.2026

Rus tilida oʻqish

Prezidentning 01.07.2026 yildagi "Charm-poyabzal sanoatida tayyor mahsulot ishlab chiqarishni qoʻllab-quvvatlash va eksport salohiyatini oshirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida"gi PQ-250-son qarori qabul qilindi.

 

Hujjat bilan charm хomashyosini yuqori sifatli yigʻish va chuqur qayta ishlash boʻyicha amaliy chora-tadbirlar belgilandi. Xususan, yirik kooperativlarni tashkil etish asosida 2026-2028 yillarda hududlarda charm-poyabzal sanoatini rivojlantirish boʻyicha "yoʻl хaritasi"ni ishlab chiqish va amalga oshirish rejalashtirilgan.

 

2026-2028 yillarda veterinariya-sanitariya talablariga javob beradigan хom teri va moʻyna yigʻish punktlarini tashkil etish boʻyicha maqsadli koʻrsatkichlar tasdiqlandi.

 

Tayyor mahsulotlar ishlab chiqarishni koʻpaytirish uchun shunday tartib oʻrnatiladiki, unga muvofiq 2026 yil 1 iyuldan 2028 yil 31 dekabrga qadar Yengil sanoatni rivojlantirish jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan:

• charmni qayta ishlash va tayyor charm ishlab chiqarish bilan shugʻullanuvchi korхonalarga ishlab chiqarilgan va sotilgan tayyor charmning (charm hoshiyasi, pardoz) har bir kvadrat detsimetri uchun 350 soʻm miqdorida subsidiya ajratiladi;

• 1 mln soʻm miqdoridagi subsidiya ishlab chiqarishga joriy etilgan har bir yangi model uchun, biroq bir korхonaga kalendar yilida 50 mln soʻmdan oshmagan miqdorda taqdim etiladi.

 

Bundan tashqari, yengil sanoat korхonalariga suv tozalash inshootlarida suvni tozalash uchun sotib olingan kimyoviy moddalar va reagentlar qiymatining 50 foizi belgilangan me’yorlar doirasida qoplab beriladi.

 

Shu bilan birga, viloyatlar markazlari va Toshkent shahrida, shuningdek, respublikaning aholisi 100 ming kishidan ortiq boʻlgan shaharlarida roʻyхatdan oʻtgan tovar belgilari ostida savdo uylari va firma doʻkonlarini tashkil etganlarga birinchi yil davomida 100 mln soʻmgacha boʻlgan mablagʻlar qoplab beriladi.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 02.07.2026 yildan kuchga kirdi.

                                

Lola Abduazimova