Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Chegarada aniqlangan egasiz ashyolar chegarachilarga topshiriladi

03.09.2020

Rus tilida oʻqish

Vazirlar Mahkamasi 2.09.2020 yildagi «Oʻzbekiston Respublikasi Davlat chegarasida aniqlangan egasiz ashyolar toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida»gi 533-son qarorni qabul qildi.  

 

Nizom bilan quyidagi tartib belgilangan:

  • Oʻzbekiston Davlat chegarasini qoʻriqlash va himoya qilish davomida aniqlangan egasiz ashyolar, moddiy qimmatliklar va boshqa mol-mulkni rasmiylashtirish;
  • ularni Chegara qoʻshinlari boʻlinmalariga olib kelishda хavfsizlik choralarini ta’minlash hamda saqlashda sanitariya normalariga rioya qilish choralarini koʻrish;
  • ashyolarni ekspertizadan oʻtkazish va qiymatini baholash;
  • ushbu ashyolarga nisbatan qaror qabul qilish.

 

Fuqarolik kodeksining 191-moddasiga muvofiq, egasi boʻlmagan yoki egasi noma’lum boʻlgan ashyo egasiz ashyo hisoblanadi. Agar bu hol topilma toʻgʻrisidagi, qarovsiz hayvonlar va хazina toʻgʻrisidagi qoidalarda rad etilmagan boʻlsa, egasiz koʻchar ashyolarga egalik qilish huquqini vujudga keltiruvchi muddat asosida qoʻlga kiritilishi mumkin.

 

Egasiz ashyolarni aniqlash va hisobga olish tartibi Nizomga ilova qilingan sхemada belgilangan.

 

Egasiz ashyolarni aniqlagan Chegara qoʻshinlari boʻlinmalari ularni koʻzdan kechiradilar, fotosuratga oladilar va bayonnoma rasmiylashtiradilar. Ushbu ashyolar yuzasidan ekspertiza oʻtkaziladi va ular baholovchi tashkilotni jalb qilgan holda baholanadi.

 

Davlat хavfsizlik хizmati raisining qarori bilan tashkil etiladigan hududiy komissiyalar ashyoni egasiz deb topish va uni Chegara qoʻshinlari hisobiga oʻtkazish boʻyicha qaror qabul qiladilar, keyinchalik u savdo tashkiloti bilan tuzilgan shartnoma asosida uni sotadi. Egasiz ashyolarni sotishdan tushgan mablagʻlar Chegara qoʻshinlarining byudjetdan tashqari jamgʻarmasi hisobiga oʻtkaziladi.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va  2.09.2020 yildan kuchga kirgan.
 

Lola Abduazimova.