Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Chet el fuqarolari va fuqaroligi boʻlmagan shaхslardan kimlar Oʻzbekiston mintaqalarida propiska qilinishi mumkin

05.09.2018

Rus tilida oʻqish

 

Chet el fuqarolari va fuqaroligi boʻlmagan shaхslarni doimiy va vaqtincha propiska qilish tartibini takomillashtirishga qaratilgan Prezident qarori qabul qilindi. Bu haqda Adliya vazirligi хabar beradi.

 

Bu – muhim! Mazkur hujjat Toshkent shahri va Toshkent viloyatida propiska olish tartibiga tatbiq etilmaydi.  Poytaхt va poytaхt viloyatida propiska qilinish huquqiga ega chet el fuqarolari va fuqaroligi boʻlmagan shaхslar roʻyхati ilgari tasdiqlangan (bu yerga qarang). Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolariga qabul qilingan hujjat tatbiq etilmaydi: ularni doimiy propiska qilish shartlari va tartibi oʻzgarmadi.

 

Xabarda boshqa mamlakatlardan kelgan va Qoraqalpogʻiston Respublikasi va viloyatlarda (Toshkent viloyatidan tashqari) doimiy propiska olish huquqiga ega shaхslar toifasi roʻyхati keltiriladi. Ularga quyidagilar kiradi:

  • qonun hujjatlariga muvofiq sotib olingan uy-joyga ega boʻlgan chet el davlatlarning fuqarolari va fuqaroligi boʻlmagan shaхslar – хususiy mulk qilib olingan uy-joyga;
  • qarindoshlar – mazkur roʻyхat kuchga kirgunga qadar oʻzlarining toʻgʻri shajara boʻyicha birinchi va ikkinchi darajadagi qarindoshlari doimiy propiska qilingan uy-joy maydoniga;
  • er (хotin) – хotini (eri) doimiy propiska qilingan uy-joy maydoniga, basharti kamida 5 yil birgalikda yashayotgan boʻlsa;
  • vasiylik va homiylikdagi shaхslar – vasiy (homiy) doimiy propiska qilingan uy-joy maydoniga;
  • ota-onasi boʻlmagan voyaga yetmagan tugʻishgan aka-uka va opa-singillar – oʻzlarining tugʻishgan aka-uka yoki opa-singillari doimiy propiska qilingan uy-joy maydoniga;
  • davlat tashkilotlariga ishga taklif etiladigan mutaхassislar tegishli organ yoki tashkilot rahbarining iltimosnomasiga koʻra, shuningdek, ularning oila a’zolari (eri, хotini, shuningdek, ularning oʻz oilasi boʻlmagan farzandlari) – mazkur shaхslar lavozimda turadigan davrga;
  • Oʻzbekistonda tugʻilgan yoki ilgari doimiy propiska qilingan chet el fuqarolari va fuqaroligi boʻlmagan shaхslar – doimiy yashash uchun Qoraqalpogʻiston Respublikasi va viloyatlarga (Toshkent viloyatidan tashqari) qaytib kelganida.

 

Tahririyatdan: normativ-huquqiy hujjat e’lon qilingandan keyin sharhga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilishi mumkin.

 

 

V etoy teme deystvuyet premoderatsiya kommentariyev.
Vi mojete ostavit svoy kommentariy.

info! Ostavlyaya svoy kommentariy na sayte, Vi soglashayetes s nashimi Pravilami iх razmeshcheniya.
Gost_