Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Yetkazib beruvchi oldida qarz yoʻq, lekin inkasso qoʻyildi: kompaniya undiruvni toʻxtatishga qanday muvaffaq boʻldi Bojxona QQSini mamlakat ichkarisida ortiqcha toʻlov hisobiga kim kamaytira oladi Foizsiz qarz shartnomasi: qanday qilib xatolarsiz rasmiylashtirish mumkin Foizsiz qarz shartnomasi: qanday qilib xatolarsiz rasmiylashtirish mumkin

Chet el fuqarolarini roʻyxatga olish tartibi soddalashtirildi

07.10.2020

Rus tilida oʻqish

Vazirlar Mahkamasining 28.09.2020 yildagi «Oʻzbekiston Respublikasida chet el fuqarolari va fuqaroligi boʻlmagan shaxslarni roʻyxatga olish tartibini soddalashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida»gi 593-son qarori qabul qilindi.

 

Qaror Prezidentning 22.04.2020 yildagi «Doimiy propiska qilish hamda turgan joyi boʻyicha hisobga olish tartibini isloh qilish chora-tadbirlari toʻgʻrisida»gi PF-5984-son Farmoniga muvofiq qabul qilingan.

 

Hujjat bilan quyidagilar tasdiqlandi:

  • Oʻzbekiston Respublikasi hududida chet el fuqarolari va fuqaroligi boʻlmagan shaxslarni vaqtincha turgan joyi boʻyicha roʻyxatga olish tartibi toʻgʻrisidagi nizom (1);
  • Chet el fuqarolari va fuqaroligi boʻlmagan shaxslarni Qoraqalpogʻiston Respublikasida va viloyatlarda doimiy yashash joyi boʻyicha roʻyxatga olish tartibi toʻgʻrisidagi nizom (2);
  • Chet el fuqarolari va fuqaroligi boʻlmagan shaxslarni Toshkent shahri va Toshkent viloyatida doimiy yashash joyi boʻyicha roʻyxatga olish tartibi toʻgʻrisidagi nizom (3).

 

(1) Nizom boshqa davlatlardan kelgan chet el fuqarolari va fuqaroligi boʻlmagan shaxslarni (keyingi oʻrinlarda - FBSh) hamda Oʻzbekiston Respublikasida yashash guvohnomasi yoki ID-kartaga ega boʻlgan chet el fuqarolari va fuqaroligi boʻlmagan shaxslarni respublika hududida vaqtincha boʻlib turgan joyi boʻyicha roʻyxatga olish tartibini belgilaydi. Hujjatda ushbu toifadagi shaxslar uchun ichki ishlar organlarining migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish boʻlinmalari, joylashtirish vositalari yoki davolash muassasalarining elektron tizimlari orqali vaqtincha roʻyxatga olish tartib-taomillari belgilangan.

 

(2) Nizomda boshqa davlatlardan kelgan chet el fuqarolari va fuqaroligi boʻlmagan shaxslarga Oʻzbekiston Respublikasida doimiy yashashga ruxsatnoma berish hamda Oʻzbekistonda yashash guvohnomasi yoki ID-kartaga ega boʻlgan chet el fuqarolari va fuqaroligi boʻlmagan shaxslarni doimiy yashash joyi boʻyicha roʻyxatga olish tartibi belgilangan.

 

Shuningdek hujjat bilan quyidagilar belgilangan:

  • Qoraqalpogʻiston Respublikasi va viloyatlarda doimiy roʻyxatga olish tartibi;
  • boshqa joyga koʻchishni rasmiylashtirish tartibi;
  • chet davlatga chiqish tartibi;
  • yashash guvohnomasi va doimiy roʻyxatga olishni bekor qilish tartibi.

 

Nizomda quyidagilar qayd etildi:

  • boshqa davlatlardan viloyatga kelgan chet el fuqarolari va fuqaroligi boʻlmagan shaxslarga doimiy yashashga ruxsatnoma berish tartibi;
  • respublikaning boshqa hududlarida doimiy yashovchi chet el fuqarolari va fuqaroligi boʻlmagan shaxslarni viloyatda doimiy roʻyxatga olish tartibi;
  • viloyat hududida doimiy yashovchi chet el fuqarolari va fuqaroligi boʻlmagan shaxsning doimiy yashashga ruxsatnomasi va doimiy roʻyxatini bekor qilish tartibi.

 

(3) Nizom bilan quyidagilar belgilandi:

  • boshqa davlatlardan Toshkent shahri va Toshkent viloyatiga kelgan chet el fuqarolari va fuqaroligi boʻlmagan shaxslarga doimiy yashash uchun ruxsatnoma berish va doimiy roʻyxatga olish tartibi;
  • boshqa joyga koʻchishni, chet davlatga chiqishni rasmiylashtirish tartibi;
  • Toshkent shahri va Toshkent viloyati hududida doimiy yashovchi chet el fuqarolari va fuqaroligi boʻlmagan shaxsning doimiy yashashga ruxsatnomasi va doimiy roʻyxatini bekor qilish tartibi.

 

(2-3) nizomlar qonun hujjatlariga muvofiq sayyohlik va elektron viza bilan, 60 kungacha vizasiz kelgan chet el fuqarolari va fuqaroligi boʻlmagan shaxslarga, shuningdek xorijiy davlatlarning diplomatik vakolatxonalari, konsullik muassasalari, xalqaro tashkilotlarning vakolatxonalari xodimlariga va ularning oila a’zolariga tatbiq etilmaydi.

 

IIVga Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi bilan birgalikda 2021 yil 1 yanvargacha boʻlgan muddatda chet el fuqarolari va fuqaroligi boʻlmagan shaxslarni roʻyxatga olish tartibotlarini yanada soddalashtirish boʻyicha amaliy choralar doirasida koʻrsatilgan xizmatlar uchun davlat bojini billing tizimi orqali masofaviy toʻlash imkoniyati yaratilishini ta’minlash topshirildi.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 29.09.2020 yildan kuchga kirdi.

 

Bahodir Buxoriy