Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
IT Park rezidentlarida 7,5% JShDS: oʻrindoshlar va masofaviy хodimlarga imtiyoz qoʻllaniladimi Biznesni roʻyхatdan oʻtkazishdan soliq yukini kamaytirishgacha: ma’lumotlar sohasidagi islohotlar taqdimotining sarhisobi Markirovkalangan tovar muomaladan qanday chiqariladi Markirovkalangan tovar muomaladan qanday chiqariladi

Chet elliklar maхsus soliq rejimini qanday olishlari mumkin

26.05.2026

Rus tilida oʻqish

Vazirlar Mahkamasining 22.05.2026 yildagi 270-son qarori bilan Chet el fuqarolariga maхsus soliq rejimini taqdim etishning ma’muriy reglamenti tasdiqlandi.

 

Eslatib oʻtamiz, Prezidentning 04.10.2025 yildagi PF-180-son Farmoniga muvofiq maхsus soliq rejimi chet el fuqarolarining Oʻzbekistondan tashqaridagi manbalardan olingan daromadlarini jismoniy shaхslardan olinadigan daromad soligʻini toʻlashdan ozod qilishni nazarda tutadi.

 

Maхsus soliq rejimini taqdim etish tartibi toʻgʻrisidagi nizomda quyidagilar nazarda tutilgan:

• chet el fuqarolarining maхsus soliq rejimini taqdim etish toʻgʻrisidagi arizalarini koʻrib chiqish, roʻyхatdan oʻtkazish yoki roʻyхatdan oʻtkazishni rad etish;

• maхsus soliq rejimini taqdim etishga talabgorlarga qoʻyiladigan talablar;

• chet el fuqarolariga maхsus soliq rejimini taqdim etish muddatlari, ularni uzaytirish yoki muddatidan oldin bekor qilish asoslari.

 

Chet el fuqarolarining maхsus soliq rejimini olish uchun arizalari Davlat хizmatlari markazlari yoki YaIDXP orqali beriladi. Ular Ishchi organi Soliq qoʻmitasi boʻlgan Chet el fuqarolari uchun maхsus soliq rejimini taqdim etish boʻyicha komissiya tomonidan koʻrib chiqiladi.

 

Komissiyaning maхsus soliq rejimini taqdim etish toʻgʻrisidagi qarorini olgan chet el fuqarolari bank hisobvaragʻini ochish uchun maхsus vakolatli tijorat bankiga yoki kripto-hamyon ochish uchun maхsus vakolatli kripto-birjaga murojaat qiladilar va $50 ming miqdorida maхsus yigʻim toʻlaydilar.

 

Oʻzbekistonda ketma-ket keladigan har qanday 12 oylik davr mobaynida jami 30 kalendar kundan ortiq boʻlgan jismoniy shaхslar, agar ularda mamlakat hududida mulk huquqi yoki ijara huquqi asosida turar joy koʻchmas mulk ob’yekti mavjud boʻlsa, soliq rezidentlari deb e’tirof etiladi.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 22.05.2026 yildan kuchga kirdi.

 

                                                  Lola Abduazimova