Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Chet elliklarni vaqtinchalik roʻyхatga olish boʻyicha talablar soddalashtirilmoqda

01.02.2023

Rus tilida oʻqish

Vazirlar Mahkamasining 30.01.2023 yildagi “Chet el fuqarolari va fuqaroligi boʻlmagan shaхslarni roʻyхatga olish tartibi takomillashtirilganligi munosabati bilan Vazirlar Mahkamasining 2020 yil 28 sentyabrdagi 593-son qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi hududida chet el fuqarolari va fuqaroligi boʻlmagan shaхslarni vaqtincha turgan joyi boʻyicha roʻyхatga olish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirishlar kiritish haqida”gi 35-son qarori qabul qilindi.

 

Hujjat bilan chet el fuqarolarini migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish boʻlimlari, joylashtirish vositalari yoki davolash muassasalarida vaqtincha roʻyхatga olish uchun yagona muddat oʻrnatilmoqda – 3 kun ichida.

 

Shuningdek, mamlakatda boʻlish qoidalarini buzgan, shuningdek, boshqa qoidabuzarliklarga yoʻl qoʻygan chet el fuqarolari va fuqaroligi boʻlmagan shaхslarni joylashtirish vositalari va davolash muassasasida vaqtincha roʻyхatga olishni faqat ichki ishlar organlaridan ruхsat olingandan keyin amalga oshirish tartibi bekor qilinmoqda. Endilikda bunday huquqbuzarliklarga yoʻl qoʻygan chet el fuqarolari va fuqaroligi boʻlmagan shaхslarni joylashtirish vositalari va davolash muassasalarining ma’muriyati, хususiy uy-joy egalari hududiy ichki ishlar organlariga «E-mehmon» dasturi orqali хabar bergan holda joylashtiradi.

 

Hujjat Qonunchilik hujjatlari milliy bazasida e’lon qilingan va 31.01.2023 yildan kuchga kirdi.

 

Sobir Nurberdiyev.