Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Chorvachilik tarmogʻiga subsidiyalar qanday ajratiladi

14.05.2020

Rus tilida oʻqish

Vazirlar Mahkamasining 12.05.2020 yildagi «Chorvachilik tarmogʻiga davlat tomonidan subsidiya ajratishni tartibga soluvchi normativ-huquqiy hujjatlarni tasdiqlash toʻgʻrisida»gi 280-son qarori qabul qilindi.

 

Prezidentning 30.01.2020 yildagi «Chorvachilik tarmogʻini davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlashning qoʻshimcha chora-tadbirlari toʻgʻrisida»gi PQ-4576-son qaroriga muvofiq mazkur hujjat bilan quyidagilar tasdiqlandi:

  • 2020–2022 yillarda хorijiy davlatlardan import qilingan nasldor qoramol, qoʻy va echkilarni sotib olgan хoʻjaliklarga hamda respublikada nasldor qoramollarni yetishtiradigan naslchilik хoʻjaliklariga subsidiya berish tartibi toʻgʻrisidagi nizom;
  • 2020–2022 yillarda «Oʻzbekbaliqsanoat» uyushmasiga a’zo boʻlgan baliqchilik хoʻjaliklari tomonidan intensiv usulda yetishtirilgan baliq hamda ularni import qiluvchilarga subsidiyalar ajratish tartibi toʻgʻrisidagi nizom;
  • 2020–2022 yillarda «Parrandasanoat» uyushmasiga a’zo boʻlgan parrandachilik хoʻjaliklari tomonidan import qilingan bir kunlik nasldor joʻjalar uchun subsidiya berish tartibi toʻgʻrisidagi nizom.

 

Chorvachilik tarmogʻini yanada rivojlantirishni samarali tashkil etishni ta’minlash boʻyicha tumanlar va viloyatlar komissiyalarining namunaviy tarkibi tasdiqlandi.

 

Subsidiya olish uchun tuman komissiyasiga ariza bilan murojaat etish lozim. Komissiya tomonidan subsidiya ajratish yoki rad etish toʻgʻrisida qaror qabul qilinadi. Subsidiya ajratish toʻgʻrisida qaror qabul qilinganda ariza viloyat komissiyasiga yuboriladi, ushbu komissiya 2 ish kuni mobaynida hujjatlarni «Oʻzbekchorvanasl» agentligiga yuboradi. Agentlik hujjatlarni tekshirib chiqadi va mablagʻlarni subsidiya oluvchilarning tijorat banklaridagi hisobraqamlariga oʻtkazadi.

 

Qaror bilan nasldor qoramol, qoʻy va echkilar, baliq va joʻjalar bosh soni prognoz koʻrsatkichlari belgilandi.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 13.05.2020 yildan kuchga kirdi.

 

Lola Abduazimova.