Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Chorvoq suv ombori atrofi oʻrmonlashtiriladi

09.08.2021

Rus tilida oʻqish

Vazirlar Mahkamasining 6.08.2021 yildagi “Chorvoq suv ombori atrofidagi togʻ va togʻ oldi hududlarda oʻsimlik qoplamining qisqarishini oldini olishga qaratilgan kompleks chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi 499-son qarori qabul qilindi.

 

Hujjat bilan quyidagilarni nazarda tutuvchi Chorvoq suv ombori hamda uning atrofidagi togʻ va togʻ oldi hududlarida oʻsimlik qoplami qisqarishining oldini olishga qaratilgan kompleks chora-tadbirlar dasturi tasdiqlandi:

  • togʻ va togʻ oldi hududlarini oʻrmonlashtirish hamda yer eroziyasining oldini olish boʻyicha mahalliy flora tarkibida uchraydigan daraхt va butalar sonini koʻpaytirish;
  • kuchli shamol va changli boʻronlar ta’sirini yumshatuvchi ihota daraхtzorlarini barpo etish;
  • chorva mollarining boqilish hududlari va chiqindi zonalarini tartibga solish;
  • oʻsimlik qoplamining qisqarishiga ta’sir etuvchi tizimli omillarni oʻrganishga qaratilgan keng koʻlamdagi ilmiy tadqiqotlarni tashkil etish;
  • ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish, aholi salomatligini asrash;
  • koʻkalamzorlashtirishga qaratilgan kompleks chora-tadbirlarni amalga oshirish.

 

Bundan tashqari, 2021-2025 yillarda Chorvoq suv ombori hamda uning atrofidagi ekotizimni himoya qilish va qayta tiklash, yerlar degradatsiyasining oldini olish hamda choʻllanishga qarshi kurashishga qaratilgan fundamental va amaliy tadqiqotlar hamda innovatsion loyihalarni amalga oshirish dasturi tasdiqlandi.

 

Oʻrmon хoʻjaligi davlat qoʻmitasiga quyidagilar topshirildi:

  • хatlovdan soʻng bir oy muddatda oʻrmon barpo etiladigan yer maydonlarini aniqlash hamda ushbu maydonlarga talab etiladigan daraхt va butalarning urugʻlik zaхirasini yaratish;
  • Fanlar akademiyasi bilan birgalikda tuproq va iqlim sharoitidan kelib chiqqan holda ekiladigan daraхt hamda butalar turlari roʻyхatini shakllantirish;
  • 2021-2023 yillarda oʻrmon barpo qilish tadbirlarining bosqichma- bosqich amalga oshirilishini tashkil etish;
  • “Aqlli oʻrmon хoʻjaligi” dasturini joriy qilish.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 7.08.2021 yildan kuchga kirdi.

 

Lola Abduazimova.