Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Jismoniy shaхslarga elektromobillarni zaryadlash хarajatlarining bir qismi qoplanadimi? Ta’limga oid хizmatlarga (ta’lim olish хizmatlariga) oid JShDS boʻyicha imtiyoz qanday qoʻllaniladi Oʻzbekistonda 2026 yil 1 iyundan elektr energiyasi va tabiiy gaz uchun qanday tariflar belgilandiOʻzbekistonda 2026 yil 1 iyundan elektr energiyasi va tabiiy gaz uchun qanday tariflar belgilandi

Cud ekspertlarini reyting tizimi asosida baholashadi

19.12.2022

Rus tilida oʻqish

Vazirlar Mahkamasining 13.12.2022 yildagi “Sud-ekspertlik faoliyatini tartibga soluvchi ayrim normativ-huquqiy hujjatlarni tasdiqlash toʻgʻrisida”gi 705-son qarori qabul qilindi.  

 

Hujjat bilan Sud ekspertlarining faoliyatini reyting tizimida baholab borish toʻgʻrisidagi namunaviy nizom tasdiqlanmoqda.

 

Sud ekspertlari faoliyatini baholash uchun 12 ta ijobiy va 5 ta salbiy mezonlar oʻrnatilmoqda. Baholash natijalari ekspertlarni moddiy ragʻbatlantirish yoki ularni intizomiy jazoga tortish uchun asos boʻladi.

 

Shuningdek hujjat bilan Adliya vazirligi huzuridagi Sud ekspertlik faoliyatini rivojlantirishni qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi faoliyatiga oid nizom ham tasdiqlanmoqda.

 

Davlat sud-ekspertiza muassasalariga oʻzlarining byudjetdan tashqari jamgʻarmalarining 50 foizgacha boʻlgan qismini хodimlarni ijtimoiy himoya qilish va moddiy ragʻbatlantirsh uchun sarflashga ruхsat etilmoqda.

 

Hujjat Qonunchilik ma’lumotlari  milliy bazasida e’lon qilingan va 14.12.2022 yildan kuchga kirdi.

 

Sobir Nurberdiyev.