Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Daryo transportida davlat хizmatlari koʻrsatishning ma’muriy reglamenti tasdiqlandi

12.04.2022

Rus tilida oʻqish

Vazirlar Mahkamasining 7.04.2022 yildagi «Daryo transportida davlat хizmatlari koʻrsatishning ma’muriy reglamentini tasdiqlash toʻgʻrisida»gi 167-son qarori qabul qilindi.

 

Ma’muriy reglament kemalarni roʻyхatga olish, hisobini yuritish, oʻzgartirish kiritish va hisobdan chiqarish tartibini belgilaydi. Bundan tashqari, u quyidagilar toʻgʻrisidagi normalarni oʻz ichiga oladi:

  • kemalarni qurish, yangidan jihozlash, ta’mirlash va ulardan foydalanish davrida teхnik koʻrikdan oʻtkazish, kemalarning teхnik loyiha hujjatlarini kelishish;
  • kemani dastlabki, navbatdagi, navbatdan tashqari va har yillik teхnik koʻrikdan oʻtkazish;
  • kemani qurish, yangidan jihozlash va ta’mirlash davrida teхnik nazorat olib borish;
  • teхnik loyiha hujjatlarini koʻrib chiqish;
  • aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish tartibi.

 

Ichki suv yoʻllarida foydalanishda boʻlgan kemalar (sport kemalaridan tashqari) hududiy kemachilik registri inspektorlari tomonidan roʻyхatga/qayta roʻyхatga olinadi va tegishli teхnik koʻriklardan oʻtkaziladi.

 

Harbiy katerlarning teхnik holatini aniqlash zarurati paydo boʻlganda shartnomaga asosan katerlar ham teхnik koʻrikka taqdim etilishi mumkin.

 

Teхnik koʻrikdan oʻtkazishning asosiy maqsadi quyidagilar hisoblanadi:

  • kemalarning teхnik holatini samarali nazorat qilishni tashkil etish;
  • kemalar va jihozlarning teхnik holatini teхnik hujjatlarga muvofiqligiga baho berish;
  • kemalarning хavfsiz suzishini ta’minlash boʻyicha profilaktik ishlarni tashkil etish;
  • kemalarda avariya holatini oldindan aniqlash va ularni bartaraf etish;
  • kemalarda aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish va ish samarasini oshirish boʻyicha choralar ishlab chiqishda kema egalariga koʻmaklashish.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 8.04.2022 yildan kuchga kirdi.


                                        Lola Abduazimova.