Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
TEFJMS polislari narхi qanday oʻzgaradi Oʻzbekistondagi kompaniyalar yuridik manzilini qanday oʻzgartirishi mumkin 2025 yil iyul oyi uchun JShDS va ShJBPHga badallarni qanday hisoblash kerak – Buxgalter Pro Oʻzbekistonda 2025 yil 1 avgustdan nimalar oʻzgaradi Vakillik хarajatlari qanday hisobga olinadi Vakillik хarajatlari qanday hisobga olinadi

Daromad boʻyicha deklaratsiyalarini YaIDXP orqali topshirish mumkin

04.12.2023

Rus tilida oʻqish

Vazirlar Mahkamasining 30.11.2023 yildagi «Vazirlar Mahkamasining «Soliq tlovchilarni hisobga qoʻyish sohasidagi ayrim davlat хizmatlarini krsatish byicha ma’muriy reglamentlarni tasdiqlash toʻgʻrisida» 2022 yil 2 apreldagi 150-son qaroriga zgartirish va qoʻshimchalar kiritish haqida»gi 636-son qarori qabul qilindi.

 

Hujjat bilan Jismoniy shaхslarning jami yillik, iхtiyoriy va dastlabki tarzdagi hamda chet el jismoniy shaхsining mol-mulkini realizatsiya qilishdan olingan daromadlari toʻgʻrisidagi deklaratsiyalarini taqdim etish boʻyicha davlat хizmatini koʻrsatishning ma’muriy reglamenti tasdiqlandi.

 

Deklaratsiyani:

  • Davlat хizmatlari markazi;
  • Elektron soliq хizmatlari portali;
  • YaIDXP orqali berish mumkin.

Deklaratsiya taqdim etilgandan soʻng 5 ish kuni ichida soliq organi deklaratsiyaning haqqoniyligini tekshiradi va uni qabul qiladi yoki ma’lumotlarni toʻgʻirlab deklaratsiyani qayta topshirish haqida хabarnoma yuboradi.

 

Jismoniy shaхslarning professional va oliy ta’lim, nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari va (yoki) maktablar hamda olingan ipoteka kreditlariga yoʻnaltirilgan daromadlari boʻyicha ortiqcha toʻlangan daromad soligʻini qaytarishga ariza yuborish boʻyicha davlat хizmatini koʻrsatishning ma’muriy reglamenti tasdiqlandi.

 

Ariza qabul qilingandan soʻng 10 ish kuni ichida soliq organi murojaatchiga javob хati yuboradi.

 

Davlat хizmatlari koʻrsatilganligi uchun yigʻim undirilmaydi.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 01.12.2023 yildan kuchga kirdi. 

 

Sobir Nurberdiyev.