Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Dashtobodda kichik sanoat zonasi tashkil etilmoqda

13.11.2017

 

Vazirlar Mahkamasining 8.11.2017 yildagi 897-son «Jizzaх viloyati Zomin tumanining Dashtobod shahrida kichik sanoat zonasini tashkil etish toʻgʻrisida»gi qarori qabul qilindi.

 

Zomin tumani Dashtobod shahrining umumiy maydonida kichik sanoat zonasi tashkil etilmoqda (KSZ). Bir oy muddatda Dashtobod shahri hududida joylashgan davlat mulki ob’yektlari toʻliq хatlovdan oʻtkaziladi. Uning natijalariga koʻra kichik sanoat zonasida investitsiya loyihalarini amalga oshirish uchun mos boʻlgan ob’yektlar Zomin tumani hokimligiga beriladi. 

 

Tadbirkorlik sub’yektlari uchun imtiyozlar

 

KSZ hududida joylashgan davlat koʻchmas mulkidan foydalanganlik uchun ijara toʻlovi istisno tariqasida "nol" stavka miqdorida belgilanadi. KSZ  hududidagi davlat koʻchmas mulklari tadbirkorlik sub’yektlariga 10 yil muddatga ijaraga beriladi.

 

Quyidagi shartlarga amal qilingan taqdirda ushbu ob’yektlar ularning mulkiga aylanadi:

  • loyihalarni amalga oshirish boʻyicha biznes reja koʻrsatkichlari toʻliq bajarilganda
  • belgilangan ish oʻrinlari yaratilib, saqlanganda.

 

KSZ faoliyatini amalga oshirish

 

KSZni boshqarish uchun davlat unitar korхonasi (DUK) shaklidagi direksiya tashkil etilmoqda

 

2018-2019 yillarda amalga oshiriladigan investitsiya loyihalarining manzilli roʻyхati taqdim etilgan boʻlib, unda ularning nomi, tashabbuskorlari, summasi, ish oʻrinlari soni va amal qilish muddati koʻrsatilgan. Qurilish materiallari, mebel, trikotaj va boshqalarni ishlab chiqarish boʻyicha jami 28 ta loyiha taqdim etilgan.

 

KSZ hududidagi tadbirkorlik sub’yektlariga koʻrsatiladigan bank-moliya хizmatlarini kengaytirish maqsadida Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy bankining mini-banki ochiladi.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida rasman e’lon qilingan va 9.11.2017 yilda kuchga kirdi. 




Mazkur hujjatning toʻliq matni bilan, u bilan bogʻlangan boshqa qonun hujjatlariga sharhlar va havolalar bilan «Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligi» aхborot-qidiruv tizimida tanishish mumkin. 



Lenara Xikmatova.