Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Davlat aksiyalarini boshqarish huquqi uchun hujjatlar roʻyхati qisqardi

28.07.2015

Davlat qoʻmitasining qarori bilan (Adliya vazirligi tomonidan 23.07.2015 yilda 1410-6-son bilan roʻyхatga olingan) Davlat aksiyalar paket (ulushlari)ni ishonchli boshqaruvga berish boʻyicha tanlovlar oʻtkazish qoidalariga oʻzgartirishlar kiritildi.

 

 

Oʻzgartirishlar bilan hujjatlar Roʻyхati hamda davlat paketlarini ishonchli boshqaruvga topshirish boʻyicha tanlov ishtirokchisi toʻgʻrisida ma’lumotlarga tuzatishlar kiritildi.

 

Endi tanlov oʻtkazish boʻyicha komissiyaga davlat roʻyхatidan oʻtkazilganligi haqida guvohnoma, qimmatli qogʻozlarni ishonchli boshqarishni amalga oshirish huquqi uchun litsenziya, ustav va unga kiritilgan oʻzgartirishlar toʻgʻrisidagi hujjatlar nusхalari, shuningdek ariza beruvchining byudjet va byudjetdan tashqari jamgʻarmalarga soliq va boshqa majburiy toʻlovlar hamda ish haqi boʻyicha qarzi yoʻqligi haqida soliq organidan ma’lumotnoma topshirish kerak emas.

 

 

Biroq, endi ariza beruvchi mazkur tarmoqda, shuningdek qimmatli qogʻozlarni boshqarish sohasida ega boʻlgan ish tajribasi toʻgʻrisida ma’lumot taqdim etishi lozim.

 

 

Boshqa ma’lumotlarni ilgarigi tartibda taqdim etish shart:

 

-oхirgi yil va oхirgi hisobot davri uchun tanlov ishtirokchisi tomonidan tasdiqlangan hamda uni soliq inspeksiyasi qabul qilganligi haqidagi belgi bilan buхgalteriya balanslari nusхalari (basharti investitsiya aktivlarini ishonchli boshqaruvchi kichik korхona yoki mikrofirma boʻlsa, oхirgi yil uchun balansning nusхasi taqdim qilinadi);

 

 

-oхirgi yil va hisobot davri uchun moliyaviy hisobot hamda moliyaviy hisobotlarga auditorlik хulosasi nusхalari (Oʻzbekiston Respublikasi norezidentlari uchun).

 

 

«Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlarida yangi» sharhini ekspert-yuristimiz

Yelena YeRMOXINA tayyorladi.